5 yoşida ota-ona yordamisiz qolgan, 15 yoşida - kuniga 16 soat işlagan, Apple va Samsung uçun muhim ahamiyatga ega biznes egasi - bularning bari Xitoyning eng badavlat ayoli, Lens Technology kompaniyasi rahbari tarixi.
Oğir bolalik
Xitoylik Çjou Tsyunfey self-made milliarderlarning odatiy yölini bosib ötgan: u 15 yoşida u provintsial şişa fabrikasi konveyerida iş boşlagan, 45 yoşda esa u Apple va Samsung uçun muhim ahamiyatga ega bölgan kompaniyani boşqaradi.
Çjouning boyligi, Forbes röyxatidagi xitoylik boşqa milliarderlar kabi, kompaniyaga tegişli aksiyalar narxiga boğliq.

Çjou Tsyunfey 1970 yilda Xitoyning janubi-şarqidagi Xunan provinsiyasi, Syansyan şahar uyezdida dunyoga kelgan. Tsyunfeyning oilasi noçor kun keçirgan. 1960-yillarda baxtsiz hodisa tufayli otasining közlari körmay qoladi. Qizning onasi esa u 5 yoşligidayoq hayotdan köz yumgan. Çjou 15 yoşida maktabni taşlab, Şençjen şahri (Guandun provinsiyasi)ga keladi, bu vaqtga kelib şahar iqtisodiy zona maqomini olgan edi. 1980-yillarda xitoylik yoşlar ommaviy ravişda qişloq joylarni tark etib, sanoat markazlaridan iş izlay boşlaşgandi.
Çjou öqiş va işni birdek olib boriş maqsadida Şençjen universiteti yonida joylaşgan zavodga işga joylaşadi. U biryöla buxgalteriya, dasturlaş, bojxona rasmiylaştiruvi kurslarida öqidi va hatto yuk avtomobillarini boşqariş kursiga ham hujjatlarini topşirdi. U keyinçalik afsuslangan yagona narsa - ingliz tilini yaxşi örganmagani böldi.
Şaxsiy biznes
1993 yilda u faoliyat yuritayotgan soatlar uçun şişa işlab çiqaruvçi kompaniya yopildi va Çjou özining 20 ming honkong dollari yordamida şaxsiy biznesiga asos solişga qaror qiladi. Çjouning şaxsiy biznesini oçişiga uning boşqa qarindoşlari bilan birga biznesni yuritişga yordam bergan jiyani undagan.
2001 yilda uning kompaniyasi Xitoyning TCL Corporation elektronika işlab çiqaruvçisining mobil telefonlari uçun şişa yetkazib beriş töğrisida şartnoma tuzadi. Yirik şartnoma korxona rivoji yölidagi muhim bosqiç böldi. Kompaniyaning yana bir muhim yutuği - 2004 yilda çiqqan Motorola RAZR V3 mobil telefonining flagman modeli uçun şişa işlab çiqarişga doir bitim böldi.















