Qayd etilişiça, Özbekistonning Aqtau şahridagi boş konsulxonasi ma’lum qilişiça, joriy yil may oyida Özbekistondan Qozoğistonning Atirau şahriga vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun borgan fuqarolar röyxatdan ötkaziş işlarini rasmiylaştiriş jarayonida Atiraudagi fuqarolarga xizmat körsatiş markazlarida katta navbatlar yuzaga kelgani sababli öz e’tirozlarini bildirgan.
Öz navbatida, Özbekistonning Aqtau va Olmaota şaharlaridagi boş konsulxonalari tomonidan vaziyat nazoratga olinib, uşbu vaziyat yuzasidan Atirau viloyati hokimiga amaliy yordam körsatiş böyiça murojaat qilingani aytiladi.

Atirau viloyati hokimligi tomonidan uşbu masalani ijobiy hal etiş, markaz xodimlari va qabul oynalari sonini köpaytiriş, qabul vaqtini keç soat 22:00 gaça uzaytiriş va şanba kuni ham fuqarolar qabulini taşkil etiş kabi çoralar körilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.












