Oqtov şahridagi Boş konsulxona taşabbusi bilan Özbekiston elçixonasi kömagida taşkil etilgan tadbirda yirik turistik korxonalar, FlyArystan aviakompaniyasi va mahalliy tadbirkorlar qatnaşdi. Şuningdek, Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi sanator-kurortlar boş boşqarmasi rahbariyati, sanatoriylar vakillari, Özbekiston tibbiyot turizm uyuşmasi, turistik korxonalar, "Dipservis xizmati" va Qozoğiston "Xalq banki" va uning Toşkentdagi "Tenge banki" rahbariyati onlayn tarzda iştirok etdi.

Tadbir iştirokçilari Özbekiston turistik salohiyati, madaniy-tarixiy merosi, yangi tur yönalişlar va xizmatlar bilan tanişdi.

Anjuman davomida ikki mamlakat sayyohlik kompaniyalari duç kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etiş yöllari muhokama qilindi. 

Qozoğiston fuqarolarini Özbekistonning tibbiyot turizmi imkoniyatlaridan keng foydalanişga jalb qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

FlyArystan aviakompaniya vakillari öz çiqişida joriy yilning 15 iyul sanasidan boşlab Atirau-Toşkent yönalişi böyiça haftasiga uç marta aviareyslar yölga qöyilişini ma’lum qildi. Bu Qozoğistondan Özbekistonga turistlar va işbilarmon doiralar vakillarining oqimini oşirişga xizmat qiladi.