Iroqning kurdlar muxtor mintaqasida bugun mustaqillik böyiça referendum bölib ötadi. Bu jahon hamjamiyati va Bağdoddagi markaziy hukumatning sanani boşqa muddatga köçiriş, eng yaxşisi – plebissitni bekor qiliş borasidagi çaqiriqlariga qaramay yuz beradi. Iroq Kurdistoni rahbari Ma'sud Barzoniy yakşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumanida referendum belgilangan muddatda ötkazilişi haqida yana bir bor ma'lum qilgan.

Iroq Kurdistonidagi saylovlar va referendum böyiça mustaqil saylov komissiyasidan ma'lum qilişlariça, ovoz beriş uçun uçastkalar soat 08:00da oçiladi va öz işini 18:00da yakunlaydi. Referendumda qöyilgan savol şundan iborat: "Kurdiston mintaqasi va uning taşqarisidagi kurdlar hududlari mustaqil davlat bölişini xohlaysizmi?". Byulleten tört tilda: kurd, arab, turkman va aysor tilida taqdim etilgan. Javob beriş uçun “ha” yoki “yöq” sözlarini yoziş lozim. Ovoz berişda qatnaşiş uçun 5,2 mln kişi röyxatdan ötgan.

Plebistsit Iroq Kurdistoni tarkibiga kiruvçi viloyatlar – Arbil, Sulaymoniya, Doxuk, şuningdek, maqomi bahsli sanaluvçi tumanlarda bölib ötadi. Bu tumanlarning içida Iroqning şimoliy neft poytaxti Kirkuk ham bor. Ovoz beriş vaqtida xavfsizlikni kurdlarning "peşmerga" harbiylaşgan tuzilmalari va mahalliy politsiya kuçlari ta'minlab turadi.

Referendum böyiça Oliy kengaş a'zolari aksariyat kişilar Bağdoddan mustaqil böliş uçun ovoz berişsa, keyingi reja haqida ma'lum qilişdi. Hujjat mintaqada istiqomat qiluvçi barça etnokonfessional guruhlarning milliy, siyosiy, diniy, madaniy va ma'muriy huquqlarini kafolatlaydi. Rasmiy tillar sifatida kurd, arab, aysor, arman va etnik turkmanlar tili qabul qilinadi.

Kurdiston davlatida diniy va milliy guruhlar huquqlari loyihasi, ular davlat muassasalarida “töliq vakolatlarga” ega bölişi, “mustaqil davlat hukumatida haqiqiy şeriklar”ga aylanişini, federativ tizim doirasida esa, xususan, arablar, yozidlar va turkmanlar öz mintaqalarini mustaqil tarzda boşqarişini nazarda tutadi. Hujjat kurdlar parlamentining yaqin oradagi sessiyasida körib çiqiş uçun taqdim etiladi.

Barzoniyning yakşanba kuni bölib ötgan matbuot anjumanida e'tibor qaratişiça, referendum haqidagi qarorga ança avval kelingan va bu Bağdod bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgani hamda markaziy hukumatga bölgan işonç yöqolişi bilan boğliq. Barzoniyning ta'kidlaşiça, xalqaro hamjamiyat tomonidan ötkazilayotgan bosimga qaramay, referendum belgilangan muddatda bölib ötadi.

Referendumdan söng Arbil Bağdod bilan barça masalalar böyiça muloqotga tayyor. Şu bilan birga, kurdlarning harbiylaşgan tuzilmalari va Iroq armiyasining terrorizm bilan kuraşdagi harbiy hamkorligi avvalgidek qoladi, deya işontirgan Barzoniy. Şuningdek, uning qayd etişiça, Bağdod bilan qandaydir qurolli töqnaşuvni kutayotgani yöq. 

Iroq boş vaziri Haydar al-Obodiy ham televizion murojaat bilan çiqib, Iroq markaziy hukumati mamlakat yaxlitligini saqlab qoliş uçun kerakli çoralarni körişga tayyor ekanini ma'lum qildi.

"Biz Iroq va uning barça fuqarolari birdamligi, mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka tegişli bölgan barça bir tomonlama qarorlarni rad etamiz. Bularning bari konstitutsiya va birgalikda tinç hayot keçiriş prinsiplariga zid, - degan vazirlar mahkamasi rahbari. – Sizlarga şuni aytmoqçimanki, biz bu referendumni ham, uning natijalarini ham qabul qilmaymiz, mamlakat birdamligi hamda fuqarolar manfaatini saqlab qoliş uçun kerakli çoralarni köramiz".

Öz navbatida, Tehron ham bunday referendumning ötkazilişiga qarşi çiqib, Iroqda hududiy yaxlitlikni saqlab qoliş kerakligi haqida ma'lum qilgan. 

Kurdlarning mustaqillik böyiça rejalardan voz keçmaganiga javob reaksiyasi sifatida rasmiy Bağdodning murojaatiga köra, Sulaymoniya va Arbil aeroportlari bilan aviaqatnov yopildi, şuningdek, Islom Respublikasi havo kengliklaridan uçib ötişga taqiq qöyildi. Qaror Eron Islom Respublikasi milliy xavfsizlik böyiça Oliy kengaşi tomonidan qabul qilindi.

Eron milliy xavfsizlik böyiça Oliy kengaşi kotibi Ali Şamxoniyning ma'lum qilişiça, Tehron “Bağdod bilan imzolangan bitimlarni tan oladi”, referendum va Kurdistonning Iroqdan ajralib çiqişi "Eron bilan xavfsizlik böyiça barça kelişuvlarni avtomatik tarzda bekor qiladi hamda ular bilan quruqlikdagi çegaraning yopilişiga olib keladi".

Turkiya ham bu borada özining keskin bayonotlari bilan ajralib turdi. Xususan, mamlakat rasmiy şaxslari turli siyosiy maydonçalarda Iroq Kurdistonida referendum ötkazilişga qat'iy qarşi çiqişdi. Turkiya rahbari Toyyib Erdöğanning BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida ma'lum qilişiça, “muxtor viloyat ma'muriyati tomonidan Turkiya pozitsiyasiga e'tibor bermaslik şunga olib keladiki, kurdlar mintaqaviy hukumati hattoki hozirgi imkoniyatlaridan ham mahrum böladi”.

Ma'lumot uçun: kurdlar jahonda öz davlatiga ega bölmagan eng yirik xalqdir (25-35 mln kişi). XX asr boşida Usmonlilar imperiyasi parçalanib ketgaç, kurdlar Turkiya, Suriya va Iroqda yaşay boşlaşdi. Ular 1950-yillarning oxiridan boşlab Kurdistonning Iroqdan ajralib çiqiş uçun qurolli kuraş olib borişmoqda.

Saddan Husayn hokimiyatdan çetlatilgaç, 2005 yilgi Iroq konstitutsiyasida Iroq Kurdistonining keng muxtoriyati aniqlaştirildi va 2007 yilning 31 dekabridan keçiktirmay suverenitet böyiça referendum ötkazilişini belgilab qöydi. Biroq u Iroqdagi ixtiloflar keskinlaşgani va kurdlar yetakçilarining markaziy hukumat bilan neft daromadlarini taqsimlaş masalasi böyiça bahslari sabab ötkazilmadi.

Iroqda ayni damda taxminan 7 mln kurd istiqomat qiladi.