22 sentabr kuni AQŞ, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Yaponiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va boşqa mamlakatlarda iPhone 8 va iPhone 8 Plus sotuvlariga start berildi. Ötgan yillarda "olma" fanatlari yangi qurilmalarni birinçilar qatorida qölga kiritiş uçun uzoq navbatga turişardi, biroq bu safar kutilganidek bölmadi. Apple kompaniyasining köplab dökonlarida avvalgidek navbatlar kuzatilmayapti. Masalan, Sidneydagi Apple dökonida 30ga yaqin kişi yangi smartfonlar uçun navbat poylamoqda. Şuningdek Brisben, London, Lester va Ottavada ham navbat kutayotganlar u qadar köp emas. Odatiy şov-şuv faqat Nyu-York va Singapurda kuzatildi. Şunisi qiziqki, Apple aksiyalarining narxi hafta boşidan buyon 5,2 foizdan köproqqa pasaydi va bu bozor kapitalizatsiyasining 43 milliard dollardan köproqqa tuşişiga olib keldi. Xöş, nima uçun sodiq muxlislar iPhone 8 smartfonini sotib olişga şoşilişmayapti?

1. Heç qanday yangilik yöq

Foto: REUTERS/Issei Kato

Aftidan, iPhone 8 va iPhone 8 Plus'ga bölgan talabning kutilganidek yuqori emasligiga uning avvalgi modelga öxşaşligi sababdir. 64 va 256 Gb xotirali IPhone 8 uçun 995,19 va 1204,74 dollar tölaşingiz kerak böladi. 64 va 256 Gb xotirali IPhone 8 Plus uçun esa 1134,89 va 1344,44 dollar berişingiz kerak. Bunday pullar uçun kamida qandaydir katta yangilik kutasiz, şunçaki eski versiyaning apgreydini emas. Oxir-oqibat nimaga ega böldik?

iPhone 8 oltinçi "olma" davridan boşlangan eski dizaynga ega. Albatta, odatiy plastik örniga endi şişa korpus bilan ta'minlangan. Biroq agar siz smartfonni ğalofda olib yurişga örgangan bölsangiz, farqni yaqqol sezmaysiz.

iPhone 8 juda kuçli va bu, hoynahoy, uning avvalgi smartfondan ustunlik belgisi. Sakkizinçi "olma"da A11 Bionic çipi örnatilgan va bu bugungi kundagi eng kuçli çipdir. Şunday bölsa-da, bu siz uçun şu qadar muhimmi?

Davom etamiz. iPhone 7 va iPhone 8 kameralarining texnik xususiyatlarini taqqoslaydigan bölsak, özgarişlar u qadar katta emasligini tuşunasiz. Endi videoni yangi çastotalarda yozişingiz mumkin (soniyasiga 30 yoki 60 kadr), soniyasiga 240 kadr çastotali sekinlaştirilgan video esa 1080P'da yoziladi. Bundan taşqari, iPhone 8'da ikki kamera hisobiga "Portret yoritgiç" funksiyasi paydo böldi, vspişka yangilandi.

Ha, nihoyat inqilob —  simsiz tezkor zaryad. Albatta, bunday zaryad borasida Apple biroz keç qoldi, biroq heçdan köra keç. Faqat firmaning zaryad qurilmasi uçun qöşimça tölov talab qilişi köpçilikning noroziligiga sabab bölmoqda.