
Marğilon şahrida ötkazilgan "Qoradori 2017" tadbirida “Yoyilma” MFY Töralar köçasida istiqomat qiluvçi R.A. xonadonida giyohvand modda östirib kelinayotgani aniqlangandi. Holat böyiça ötkazilgan suriştiruvlardan söng mazkur iş jinoyat işlari böyiça Marğilon şahar sudi tomonidan ötkazilgan sayyor sudda körib çiqildi.

Sayyor sudda uşbu xolat mahalladoşlar iştirokida adolatli qonunlar qamrovida muhokama qilinar ekan, inson omili, soğlom muhit barqarorligi birinçi poğonaga qöyildi. R.A. özining xatti-harakatlarini turmuş taşvişlari bilan boğlamoqda. Taşvişlari esa giyohvandlik vositalarini iste'mol qilişga yetaklaganmiş. Şuning uçun öz tomorqasida zahri qotilni yetiştirayotgan ekan.

Giyohvand modda iste'mol qilib, kim hayotda röşnolik köribdi? Sayyor sud iştirokçilari uşbu savolga heç kim va heç qaçon, degan javobni aytişdi. R.A. ham öz qilmişi oqibati oğirligini tuşunib yetdi. Mahalladoşlar bu oilaning öziga yaraşa örni borligini e'tirof etişmoqda. R.A. esa hayot sinovlari oldida bir qadar sabrsizlik qilib, yaxşidan yomonni farqlaşda adaşganlardan. Sayyor sudda qöni-qöşnilar, yaqin-atrofdagilar tomonidan R.A.ning töğri yölga qaytiş imkoni borligi, soğlom muhitda yaşaşiga yordamlaşişlari haqida bildirgan fikrlari inobatga olindi.

Mamlakat qonunlari odamlar hayotda munosib örin egallaşlari, odamdayin umr keçirişlarini ta'minlaşga asoslangan. Mazkur işni körib çiqişda ham jinoyat işlari böyiça Marğilon şahar sudining sudyasi Mansur Ibragimov tomonidan inson omiliga oliy sifat darajada qaraldi. Ilk bor giyohvandlik köçasiga qöyilgan qadam köpçilik yordamiga qaytarildi.

Sayyor sud jarayonida firibgarlik holati bilan boğliq iş ham körib çiqildi. Firibgarlikni niqob qilganlar aksariyat holatlarda xorijga borib, pul topiş payidan bölganlarni öz tuzoqlariga ilintirişmoqda. M.O‘. ham ana şunday aldovlarga işonib qolganlardan. Voqea M.O‘. 2016 yilning iyul oyida M.A.ni uçratib qolganida boşlangan. Sud materiallarida bayon qilinişiça, M.O‘. M.A.ga xorijda işlaş niyati borligini aytadi. M.A. Davlatyor ismli tanişi borligini, 6700 dollar bersa, Janubiy Koreyaga borişiga yordam körsatişi mumkinligini bildiradi. M.A. öğlini ham şu yigit orqali Koreyaga yuborganini eşitganidan keyin esa öz harakatlarini qonuniy amalga oşiriş mumkinligini ham unutib qöygandi.













