2016 yil aprel-iyun mavsumiga qadar Xitoyning eng yirik uyali aloqa vositalarini işlab çiqaruvçi kompaniyasi sifatida tanilgan Xiaomi qisqa fursatda bozordagi uluşini yöqota boşladi. Bundan bir yil oldin, kompaniya reytingi Xitoy böyiça törtinçi poğonaga tuşib ketgandi. Bunga nima sabab bölgan?
Arzon narxlanuvçi smartfonlar
Avvalo, arzon baho smartfonlarni dökon rastalariga köproq joylaştiriş va xaridorlarga taklif etiş sotuvçilarga katta foyda keltirmay qöydi. IDC kompaniyasining tadqiqotlar markazi xodimi Jin Dining sözlariga köra, mahalliy sotuvçilar uçun Huawei, Oppo va Vivo mahsulotlarini köproq sotiş yaxşi daromad keltiradi.
"Xiaomi telefonlarini daromadi tabiiy kam bölgan aholi vakillari sotib oladi, körinib turibdiki, bu işçilar yoki talabalar bölişi mumkin. Ular iste'mol bozoridagi eng sadoqati past bölgan mijozlar hisoblanadi. Agar ularning daromadi köpaysa, heç ikkilanmay Apple yoki Samsung brendini tanlaydi. Şuningdek, ular taklif etilayotgan yangi rusumdagi smartfonlarni xarid qilmaydi, aytmoqçimanki, foydalanişdagi telefondan voz keçib yangisini xarid qilmaydi", deydi Çung Kong biznes maktabi professori Jyek Çen Xinley.
Marketing strategiyasi mavjud emas
Oppo va Vivo Xitoy bozoridagi savdo aylanmasini oşiriş uçun turli marketing strategiyalardan foydalandi. Masalan, offlayn-marketing, metro va avtobus bekatlaridagi bilbordlar şular sirasidan.
Bloomberg naşrining yozişiça, yuqorida nomi tilga olingan ikkala kompaniya ham mahsulotlarining kuçli tomonlariga urğu berib, reklama siyosatini töğri olib bordi. Şu vaqtda Xiaomi reklamaga pul sarflamay, bozorni egallab borayotgani, onlayn xaridlar aylanmasida yetakçi ekanligi bilan mağrurlanardi.
Quartz mutaxassisining fikriga köra, Xiaomi rahbariyati ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvçilar orasidan kompaniyaning bölajak mijozlarini qidirdi. Şunga qaramay, vaqt ötişi bilan kompaniya marketing tadbirlariga e'tibor qaratişga majbur böldi. Bu davr talabi edi.
Onlayn-savdo
Xiaomi'ning onlayn-savdo platformasiga katta kuç sarflaşi, kiçik şaharçalarda uning savdo uluşini tuşirib yubordi. Negaki, Huawei, Oppo va Vivo vakillari mahalliy elektrotexnika savdosi bilan şuğullanuvçi riteylerlar kömagiga tayangan bölsa, Xiaomi bu tösiqdan oşib öta olmadi.
2015 yil Xitoy bozorida sotilgan umumiy uyali aloqa vositalarining 74 foizi çakana savdo körinişida xarid qilingan. Şu davrda Xiaomi xaridlarining 60 foizi onlayn platformada amalga oşirilgan.











