25 sentabr kuni Iroq Kurdistonining mustaqil davlatga aylanişi yuzasidan referendum ötkazildi.

Referendumda 3,3 millionga yaqin kişi qatnaşdi, bu saylovçilarning 72,16 foizi demakdir.

4 tildagi (sorani, arab, ossuriy, turkman) saylov byulletenida ovoz beruvçiga şunday savol qöyilgan edi: «Kurd mintaqasi va mintaqa ma'muriyati nazoratida bölmagan kurd zonalari mustaqil davlat bölişiga rozimisiz?».

Iroq Kurdistoni 4 viloyatdan iborat — Doxuk, Xavler, Sulaymoniy va Halabja. Bu hududlarda jami 5,5 million kişi istiqomat qiladi. Umumiy maydoni — 40 ming kvadrat kilometr.

Referendumning dastlabki natijalariga köra, 282 mingta ovozlar hisoblab çiqilgan holatda 93 foiz kişi «ha» deya javob qaytargan.

Reuters agentligi saylov uçastkalaridagi jarayonlardan fotoreportaj uyuştirgan.