AQŞning Indiana ştatida talaba xatolik tufayli uç kunga yegulik va suvsiz ğorda qoldirib ketildi, deb xabar bermoqda Fox59 sayti.
Blumington şahridan 32 km uzoqlikda joylaşgan ğor böylab ekskursiya vaqtida 19 yoşli Lukas Kavar guruhdan ortda qolib ketgan. U ğorga kiraverişga yetib borganda, ğor oğzidagi eşiklar qulflab ketilgan bölgan.
Kavar bir neça soat davomida yordamga çaqirgan, biroq heç kim javob bermagan. Uning telefoni ham işlamagan. Talabaning aytişiça, u 3 kun öz-özi bilan gaplaşib yurgan hamda taşnalikdan jon bermaslik uçun ğor devoridagi tomçilarni yalagan.
"Men devorda tomçilarni payqaganimdan keyin, nima qiliş kerakligini angladim", deb aytgan talaba.
Lukasning ota-onasi u sms-xabarga javob bermagandan keyin trevoga kötarişgan. Ekskursiyani uyuştirgan ğorşunoslar klubi a'zolari ğorga qaytib, Lukasni topişgan.












