Xotira — har bir inson uçun juda muhim omil. Yaxşi rivojlangan mnemonik xususiyatlar miyani rivojlantiradi va deyarli barça vaziyatlarda tezkor munosabat bildiriş imkonini beradi. "Trendymen" xotirani mustahkamlaşning ilmiy jihatdan isbotlangan bir neça usuli bilan bölişdi. 

Eslab qoliş uçun tuşuniş

Foto: Trendymen

Miyamiz imkon qadar inkor qilişga harakat qiladigan oddiy omil. Uni tuşuniş mumkin: tabiat kutilmagan xavflarga qarşi tura olişi uçun aqliy salohiyatni maksimal saqlab qolişga harakat qiladi. Şuning uçun öqilganlarning umumiy konsepsiyasigina emas, mantiqiy tuzilmasini ham yaxşi tuşuniş juda qiyin keçadi, biroq natijalar ham şunga yaraşa salmoqli böladi. Edinburg qirollik kolleji aspirantlari diplom işlari doirasida mnemonikani rivojlantirişning eng yaxşi usullariga bağişlangan mavzuda tadqiqot ötkazişdi. Tadqiqot natijalaridan kör-körona yodlaşning mutlaqo ahamiyatsiz ekani ma'lum böldi: material iştirokçilar xotirasida ikki  haftadan ortiq saqlanmagan. Qat'iy nazorat ostida taklif qilingan materialning har bir sözini yaxşi tuşungan qatnaşçilar esa, bir yildan söng ötkazilgan nazorat imtihonlarida ham uni yodda saqlab qolişgani ma'lum bölgan.

Miya uçun steroidlar

Foto: Trendymen

Soğlom ovqatlaniş - bu, albatta, juda yaxşi odat. Iste'mol qilingan har bir yegulikni doimiy nazorat qiliş istiqbolda butun organizmga, şu jumladan miyaga ham  ijobiy ta'sir körsatadi. Töğri ovqatlanuvçi kişilarning aksariyati yuqori kognitiv xususiyatlari bilan ajralib turadi. Şunday bölsa-da, hamma narsada istisno bölgani kabi bunga ham kafolat yöq. "Zararli" yegulik (qand miqdori yuqori bölgan) biror narsani tezroq yoki aniqroq yodlaşga yordam berişi mumkin. Asosiysi, şokoladni şirin qahva bilan iste'mol qiliş: masalan, öqiş jarayonida. Harvardda faoliyat yurituvçi fiziolog, Riçard Dokuollaning tadqiqotlari şirinlikdan tiyilmagan guruhdagilarning mnemotik xususiyatlari yuqori bölişini körsatgan. Odatiy rejimda respondentlar soğlom parhezga rioya qilişgan, faqat asosiy vaqtlarda şirinliklar iste'moliga yöl qöyilgan.