Vinchentso Montella jurnalistlar qarshisida yana qizardi

Angliya
«Brayton» «Nyukasl»ning g‘alabali seriyasini to‘xtatdi

Chempionshipda o‘tgan mavsum «chaykalar»ni uyida ham safarda ham mag‘lub etgan «Nyukasl»dan Kris Hyuton jamoasi qasos oldi. Bir necha yil muqaddam «Nyukasl»ni boshqargan Kris Hyuton shogirdlari bitta gol urib, o‘yinni xotirjamlik bilan yakunlab qo‘ydi. «Qarg‘alar» o‘yin davomida ustunlik qilishdi, ammo Shelvi va Xoselu qulay imkoniyatlarni yo‘qqa chiqarishdi.

O‘yindagi yagona gol ikkinchi bo‘lim boshida«Brayton»ning isroillik hujumchisi Tomer Hemed tomonidan urildi, natijada «chaykalar» 1982 yildan buyon ilk marta APLda ketma-ket ikki o‘yindagi g‘alabani qayd etdi. Hyuton «Nyukasl»ga qarshi kechgan 7 o‘yindagi ilk g‘alabani nishonladi.

Ispaniya
Dzadza Messi bilan poygalashmoqda

«Valensiya» «Real Sosedad»ga qarshi o‘yinda ikki marta oldinda bordi, ammo mag‘rur basklar ikki marta hisobni tenglashtirishdi. Ammo «ko‘rshapalaklar» jamoasi yakunda g‘alabaga erishdi. 85-daqiqada Gonsalu Guedesh chap qanotda yugurib, to‘pni Simone Dzadzaga yetkazdi va g‘alaba -2:3. Italiyalik futbolchi mavsumdagi beshinchi golini urib, Ispaniya chempionati to‘purarlar poygasida Messini ta'qib qilmoqda. Messi bu turni golsiz o‘tkazdi, uning hisobida 9ta gol mavjud.

«Real Sosedad» chempionatda qatorasiga uchinchi mag‘lubiyatni qayd etdi – bu basklarning 2012 yildan buyon eng yomon seriyasi.

«Selta» safarda «Eybar»ni «toptap tashladi» - 4:0, galisiyaliklarning yarim himoyachisi Pione Sisto 3 assist muallifi bo‘ldi. Oxirgi marta Primerada bir bo‘limda 3 pasni 2012 yili Sesk Fabregas «Barselona»ning «Deportivo»ga qarshi o‘yinida amalga oshirgandi.


Italiya
«Sampdoriya» «Milan»ni yakson qildi