Xitoy hududida maşhur WhatsApp messenjeri bloklab qöyildi. Bu haqda The New York Times gazetasi yozmoqda. WhatsApp Amerikaning Facebook kompaniyasiga tegişli bölib, şu nomdagi ijtimoiy tarmoqqa ega. Facebook 2009 yildan XXRda bloklab qöyilgan. Naşrning yozişiça, messenjer Xitoyda taqiqlanmagan va ayni vaqtda Facebook kompaniyasiga tegişli bölgan xizmatlardan oxirgisi edi.
Ma'lum bölişiça, şu yilning iyul oyi örtalaridan boşlab XXR WhatsApp videoçatlarini bloklay boşlagan. Bundan taşqari, u orqali fotosuratlar va boşqa fayllarni yuboriş imkoni çegaralangan. Bunda çeklovlar matnli xabarlarga tegişli bölmagan. Biroq Fransiyada joylaşgan hamda ma'lumotlarni şifrlaşga ixtisoslaşgan Symbolic Software kompaniyasi eksperti Nadim Kobeysining aytişiça, hozirda WhatsApp Xitoyning quruqlik qismida deyarli töliq bloklangan.
Kobeysining sözlariga köra, WhatsApp matnli xabarlarini tösib qöyiş şundan dalolat qiladiki, xitoylik senzura idorasi maxsus dastur işlab çiqqan bölib, u messenjerning ma'lumotlarni şifrlaş texnologiyasini özlaştira olganini anglatadi. Facebook kompaniyasi bu xabarni izohlaganiça yöq.
Eslatib ötamiz, 2003 yildan XXRda "Oltin qalqon" nomli dastur işlaydi. U foydalanuvçilarning saytlarga va internet xizmatlarga kirişini filtrlaydi.
Ayni vaqtda Xitoyda Google, Facebook, YouTube, Instagram, Twitter, "Vikipediya", Amnesty International taşkiloti sayti, xorijiy OAV saytlari bloklab qöyilgan.












