AQŞ prezidenti Donald Tramp senator Jon Makkeynning pozitsiyasi ustidan kuldi. Makkeyn avvalroq Qöşma Ştatlar sobiq prezidenti Barak Obamaning soğliqni saqlaş dasturi Obamacare’ni bekor qiliş uçun ovoz berişdan boş tortgandi.

AQŞ yetakçisi Twitter’dagi sahifasida Makkeynning çiqişlaridan olingan tasvirlar bölgan rolikni e'lon qildi, ularda u Obamacare’ni tanqid qilgan hamda uşbu dasturni bekor qilişga çaqirgan.

«Jon Makkeyn Obamacare’ni bekor qiliş va almaştiriş haqida gapirgan köp sonli videolardan bir neçtasi», - deya yozdi Tramp.