Buyuk britaniyalik Berni Ekklstoun «qirollik poygalari» orqasidan milliarder bölgan. Ammo, «Formula-1» jamoalari egalarining barçasi ham foyda köravermaydi.
«Formula-1» tarixi 1950 yilda boşlangan. Avtopoygalar böyiça birinçi jahon çempionatida boş sovrin Juzeppe Farinaga nasib etdi. U Alfa Romeo maşinasida birinçi örinni egalladi. Yarim asrdan keyin Italiya işlab çiqaruvçilarining superkarlari eng tez maşinalardan biri bölib qolmoqda, Ferrari kabi poyga jamoalari poyga yölida yuqori natijalarni körsatib kelmoqda.
Biroq jamoalar nafaqat birinçi örin uçun balki reklama beruvçilar uçun ham kuraş olib borişadi. Lotus jamoasining 1968 yili Imperial Tobacco bilan şartnoma imzolaşi ortidan «Formula-1»da homiylik davri boşlandi. 2016 yili jamoalarning homiylardan körgan umumiy daromadi 550 mln funt sterlingga yaqin böldi. 2012-2015 yillardagi çempionatlarda iştirok etgan Lotus jamoasi ijroçi direktori Mettyu Karter BBC telekompaniyasiga bergan intervyusida orqa qanotdagi bittagina banner bir mavsumda 25 mln dollar turişi mumkinligi haqida sözlab berdi.
«Formula-1» biznes imperiyasining taşkil etilişida milliarder Berni Ekklstounning xizmatlari katta. U Forbes jurnalining milliarderlar röyxatida 2,9 mlrd dollar bilan 693-örinda. U çempionatdagi boşqaruvini dastavval 1949 yilda poygalarda iştirok etişdan boşladi. Keyinçalik özining Connaught jamoasiga ega böldi. 1979 yili «Formula-1» konstruktorlari uyuşmasi prezidenti böldi vailk marotaba çempionatni televizion huquqlarini sotişni yölga qöydi. Ekklstoun Delta Topco firmasini ham boşqarar edi. Bu kompaniya Formula One Management (FOM), Formula One Licensing (FOL) va qator önlab firmalar singari Formula One Administration (FOA)ni ham nazorat qilardi. FOA 2110 yilga qadar çempionatdan har qandaytijoriy daromad köriş huquqiga ega bölgan firma hisoblanadi.
2006 yildan beri poygalarni CVC Capital Partners investitsiya fondi boşqargan, ammo ötgan yili «Formula-1» egalari yana özgardi. Endilikda Liberty Media poygalar seriyasining yangi xöjayini hisoblanadi. U telemagnat Jon Melounga (Forbes global reytingida 7,7 mlrd dollar boylik bilan 174-örinda) qaraşli. Franşiza qiymati 8 mlrd dollar deb baholandi. Ammo, 3,6 mlrd dollarlik qarzni hisobga olganda, xaridning özi Melounga 4,4 mmlrd dollarga tuşdi. Bitim 2017 yil 24 yanvarda yopildi. Xöjayin özgarişi munosabati bilan Ekklstoun ham Delta Topco firmasining 5,3 foiz aksiyasini sotib yubordi va 2017 yil 23 yanvar kuni FOM hamda FOA prezidenti lavozimidan iste'foga çiqarildi. Ayni vaqtda Liberty Media «Formula-1» ustidan yakka hokim hisoblanadi. 2016 yil yakunlari böyiça uning daromadi 1,8 mlrd dollarni taşkil etgan.
Şu örinda ta'kidlaş joizki, Forbes reytingida «Formula-1»ning qator prezidentlari va jamoalar egalarini uçratiş mumkin. Xususan, Red Bull Racing va Toro Rosso jamoalari Red Bull GmbH asosçisi, avstriyalik milliarder Ditrix Mateşitsaga (Forbes global reytingida 13,4 mlrd dollarlik boylik bilan 86-örinda) tegişli. Red Bull Racing 2005 yili Ford kompaniyasidan xarid qilingan Jaguar Racing negizida barpo etilgan edi. Jaguar Racing esa öz vaqtida 1 dollar evaziga sotilgandi. Ammo savdo bitimida kelgusi 3 mavsumda kamida 400 mln dollar sarmoya kiritiş şarti belgilangandi.












