AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson Vaşingtonda Kuba taşqi işlar vaziri Eduardo Rodriges Parilya bilan uçraşuv ötkazdi hamda amerikalik diplomatlar xavfsizligini ta'minlaşni qat'iy talab qildi. Bu haqda Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Nauert xabar berdi, deb yozmoqda The Hill.

Nauertning sözlariga köra, siyosatçilar örtasidagi muloqot «qat'iy va oçiq ötgan».

«Davlat kotibi vaziyat naqadar jiddiy ekaniga işora qildi, hamda Kuba hukumati elçixona xodimlari va ularning oila a'zolarini Vena konvensiyasiga muvofiq himoya qilişga majbur ekanini ta'kidladi», - deya aytib ötgan u.

AQŞ hukumati ma'lumotlariga köra, kamida 21 diplomat aniqlanmagan masofaviy ta'sir tufayli eşitiş, diqqatni bir joyga jamlaş, xotira buzilişi, şuningdek boşqa asoratlardan aziyat çekkan.