Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada ilmiy maqsadlarda 177 ta kit o‘ldirilgani ma'lum qilindi
Yaponiyaliklar olimlar 177 kitni o‘ldirishgan, deb xabar berdi Yaponiya baliqchilik boshqarmasi.
Channel NewsAsia ma'lumotlariga ko‘ra, uchta kit ovlovchi kema kichik polosatik turidagi 43 ta kitni va 134 seyval kitini ovlagan. Mutaxassislar kitlarning ichki a'zolarini, jumladan ular oshqozoni ichidagilarni o‘rganishadi.
Kit ovlash sohasini tartibga solish xalqaro konvensiyasi kitlarga daromad olish maqsadida ov qilishni taqiqlaydi. Biroq 1987 yilda qabul qilingan kelishuvga ko‘ra, kitlar bilan ularning o‘lishi bilan yakunlanishi mumkin bo‘lgan turli tadqiqotlar olib borish mumkin.
Biroq bu orada jonzotlar himoyachilari Yaponiyani ilmiy maqsadlar bahonasida mamlakatda kitlar o‘ldirilib, so‘ngra ularning go‘shti do‘konlarda sotilishida ayblab keladilar.
Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
22:52 / 22.05.2026