Dunyoning eng badavlat kişilaridan biri Bill Geyts zamon bilan hamnafas bölişga qaror qildi. Endi u Windows Mobile örniga Android-smartfondan foydalanmoqda. Milliarder Fox News Sunday'ga bergan intervyusida şu haqida ma'lum qildi. Geyts modelning aniq modelini aytmagan bölsa-da, unda "Microsoft dasturiy ta'minoti köp" ekanini ta'kidladi. Bu qaysi qurilma ekanini taxmin qilişga va nima uçun iPhone X emasligini aniqlaşga urinib köramiz.

Şu yilning boşida Microsoft özining çakana dökonlarida Office, OneDrive, Cortana va Outlook paketlari oldindan örnatilgan Samsung Galaxy S8 smartfonlarini sotişni boşladi. Barça Android-smartfonlar bu ilovalarni qöllaydi, lekin "tasdiqlangan" va "töldirilgan" Microsoft Galaxy S8 kompaniya bu an'anani kelajakda ham davom ettirişi mumkinligini közda tutadi. Geyts ham aynan şuni aytmoqçi bölgan bölişi mumkin. 

Şu tariqa, dunyoning eng badavlat kişilaridan biri, hoynahoy, kompaniyaning qöşimça dasturiy ta'minot töplamiga ega Samsung Galaxy S8 Microsoft Edition smartfonini tanlagan.

Şuningdek Geyts intervyuda iPhone'ga qiziqmasligini ta'kidlagan. U öz uyida iPhone va iPod'ni taqiqlagan bölsa-da, Stiv Jobsning "daho" bölganini tan oldi. Geyts hanuz  Windows bazasidagi PKdan foydalanadi va Stiv Jobs haqidagi sözlariga qaramay, Mac'ga ötmoqçi emas.