02:22 / 27.09.2017
19555

YeChL. «N» guruhi. «Real»da tarixiy g‘alaba, Keyn - «gol mashina»

Foto: Twitter/ChampionsLeague

Yevropa chempionlar ligasining N guruhi o‘lim guruhiga mos kechadiganga o‘xshamayapti. 2-turdan keyingi natijalar shunga ishora qilmoqda.

Dortmundda mehmon bo‘lgan «Real» shu kunga qadar hech qachon g‘alaba bilan qaytmagandi va bu safar aynan mana shu yoqimsiz an'anaga barham berdi. Ketma-ket ikkinchi uchrashuvda Krishtianu Ronaldu dublga erishdi. 

Guruhning ikkinchi uchrashuvida «Tottenhem» Kiprda APOEL mehmoni bo‘lib yirik hisobda g‘alaba qozondi. Bu uchrashuvda Harri Keyn het-trik qayd etdi va YeChL to‘purarlari ro‘yxatida (5ta gol) peshqadamga aylanib oldi.

Guruhda «Real» va «Tottenhem» 6tadan ochko jamg‘arib, peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, «Borussiya» va APOELda hozircha ochko yo‘q.

H guruhi

Borussiya D (Germaniya) – Real (Madrid Ispaniya) 1:3 (0:1)
Gollar: Obameyang (54) – Beyl (18), Ronaldu (49, 79).
Borussiya D: Byurki, Papastatopulos, Tolyan (Daud, 60), Pishchek, Toprak, Kastro, Shaxin (Vaygl, 60), Yarmolenko, Gettse (Pulishich, 76), Filipp, Obameyang.
Real Madrid: Navas, Varan, Nacho, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko (Asensio, 76), Modrich (Sebalos, 90), Beyl (Vaskes, 85), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Beyl (29), Karvaxal (39), Modrich (40), Toprak (52), Vaygl (63).

APOEL (Kipr) – Tottenhem (Angliya) 0:3 (0:1)
Gollar: Keyn (39, 62, 67).
APOEL: Vaterman, Vuros, Lago, Karlao, Rueda, Vinisius, Nunu Moraish (Aleksandru, 84), Shallai (Makris, 63), Aloneftis (Farias, 75), Zahid, de Kamargo.
Tottenhem: Loris, Sanches, Devis, Tripper, Ore (Lorente, 57), Dayyer, Sissoko (Georgiu, 84), Uinks, Alderveyreld, Keyn (Nkudu, 75), Son Xyn Min.
Ogohlantirishlar: Vaterman (39), Vinisius (51), Uinks (85).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top