Eron hukumati Telegram asosçisi Pavel Durovga nisbatan jinoiy iş oçdi. Bu haqda Eronning ISNA axborot agentligi xabar bermoqda. 

Tehron prokurori Abbos Jafari Davlatobodiyning aytişiça, bu Telegram’ning IŞID terrorçilik guruhi a'zolari orasida maşhurligi bilan boğlangan. Messenjerning jinoyatlarni sodir etişda qöllanişi yana bir sabab bölgan.

"Telegram tarmoği terrorçilarga, şu jumladan IŞIDga xizmat qilişidan taşqari, giyohvand moddalar kontrabandasi va odamlar savdosi böyiça ham xizmatlarni taqdim qiladi", deb aytilgan boş prokuraturada. 

Pavel Durov u tomondan yaratilgan messenjerda terrorçilar bemalol gaplaşa olişlarida bir neça bor ayblangan. Iyun oxirida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Sankt-Peterburg metrosidagi terakt taşkilotçilari portlaşni tayyorlaşda Telegram’dan foydalanişganini ma'lum qilgandi. FXXda aytilişiça, Rossiyadagi terrorçilar xorijiy kuratorlari bilan aynan şu messenjer yordamida boğlanadilar.

Durovning özi esa Eron boş prokuraturasining bu qaroridan taajjubda ekanini aytgan.

"Men bu yangilikdan taajjubdaman. Biz Eronda terrorçilar va pornografik kontentni faol tösamiz. Fikrimça, buning asl sababi boşqa narsada yaşiringan", deb yozgan Durov tvitterda.

Uning ta'kidlaşiça, kompaniya ma'lumotlariga köra, Eronda har kuni pornografik va terrorçilik kontentiga ega mingdan köproq kanal, bot va çatlar tösiladi.