Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 25 sentabr kuni Iroq şimolida kurdlar tomonidan ötkazilgan referendumni konstitutsiyaga zid deb atadi, — deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.

Anqarada ombudsmenlarning xalqaro konferensiyasida çiqiş qilar ekan, Turkiya prezidenti Iroq şimoli va Kosovoda ötgan referendumlar örtasidan parallel ötkazgan. «Kosovoning mustaqilligini 114ta davlat tan oldi, biroq taassufki, Kosovo hanuzgaça jahon hamjamiyatining tölaqonli a'zosiga aylana olgani yöq va muşkulotlarni boşdan keçirmoqda. Mustaqilligini faqat Isroil tan oluvçi şimoliy Iroq nimadan umid qilmoqda?», — degan Erdöğan.

Uning sözlariga köra, Iroq kurdlari mintaqaviy ma'muriyati (IKMM) siyosat va davlat tuzilişi haqida tuşunçaga ega emas. «Ular masalani bitta deklaratsiya bilan yeçiş mumkin deb öylaşmoqda. Lekin bunaqasi ketmaydi», — degan Erdöğan.

Davlat rahbarining qayd etişiça, Turkiya hukumati öz taşvişini IKMM rahbariyati e'tiboriga yetkazganiga qaramasdan, Arbildagilar referendum ötkaziş qarorida qat'iy turib olişgan. «Iroq konstitutsiyasi nuqtai nazaridan, bu ovoz beriş yuridik kuçga ega emas. Isroildan taşqari biror bir xalqaro taşkilot bu taşabbusni qöllab-quvvatlamadi», — degan turk yetakçisi.

Uning sözlariga köra, Şimoliy Iroq — turli millat vakillari umrguzaronlik qilayotgan maskan, faqat bir etnosning taşabbusi yangi töqnaşuvlar va falokatlar keltirib çiqaradi.

«Aytişlariça, ovoz berganlarning 90–92 foizi mustaqillikni yoqlagan emiş. Bu referendumning sariq çaqaçalik qiymati yöq. Kim IKMMning mustaqilligini tan oladi? Faqat Isroilmi? Lekin jahon hamjamiyati Isroildan bir neça karra katta», — degan Turkiya davlat rahbari.

«KIP terrorçilari ovoz beriş sanoği boşlanişidan avval bayramni boşlab yuborişdi, bu esa legitimlik va şaffoflik mutlaqo yöqligidan darak beradi. Tuşunarsiz şaroitlarda taşkillaştirilgan referendumda qatnaşganlar va ovoz berganlar soni bahsli. Bunga sabab bu taşabbusning özi noqonuniy bölganidir», — degan Turkiya prezidenti.

«Aholini röyxatga oliş haqida ma'lumotlar yöq qilinişi, arablar va turkmanlarni yaşab turgan joylaridan siqib çiqariş va inson huquqlari buzulişiga doir boşqa omillar fonida ötkazilgan bu referendumni aslo legitim hisoblab bölmaydi», — deya ta'kidlagan Erdöğan.