Milliy, tarixiy va madaniy boyliklarni himoya qiliş har qanday davlatning asosiy faoliyat yönalişlaridan biridir. Afsuski, bu boyliklar köp holatlarda öz harakatlari bilan mamlakatning tarixiy merosini yöq qiluvçi turli firibgarlar va kontrabandaçilarning “nişonida” turadi. Şu munosabat bilan Özbekiston Milliy xavfsizlik xizmati bunday jinoyatlarini aniqlaş va bartaraf etiş böyiça bir qator çora-tadbirlarni körmoqda.
Uşbu iş doirasida Milliy xavfsizlik xizmatining Qaşqadaryo viloyati böyiça Boşqarmasi tezkor xodimlari SVOJJDLQK departamentining hududiy Boşqarmasi xodimlari bilan birgalikda, antikvar buyumlar noqonuniy sotuvçilarini jinoyat ustida qölga oliş böyiça tadbir ötkazdi.
«Maxsus amaliyot vaqtida 10 rubllik 36 ta oltin tangani 12,2 ming AQŞ dollariga sotişga uringan Koson tumanida yaşovçi 35 yoşli Bobur Normatov va Qarşi şahrida yaşovçi 34 yoşli Farhod Mahmudov qölga olindi. Tekşiruv jarayonida ularning yonidan yana törtta şunday tanga aniqlanib, olib qöyildi», - dedi huquq-tartibot idorasining vakili.
Ekspertizadan ötkaziş uçun tangalar Özbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi qimmatbaho metallar böyiça agentlikning Davlat proba palatasiga topşirildi. Ekspertiza sariq rangli metalldan tayyorlangan 40ta tanga 900 probadagi oltindan qilinganligini körsatdi. Ularning sof oğirligi 343,5 grammni taşkil etdi. Şuningdek, bu tangalar 1898 yildan 1903 yilgaça bölgan davrda tayyorlangani aniqlandi.
Uşbu holat böyiça SVOJJDLQK Departamentining Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari böyiça jinoyat işi qözğatildi.











