Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy bank raisi örinbosari Ş.Atabayev tomonidan 26 sentabr kuni imzolangan, faks orqali qabul qilingan xat suratlari tarqaldi. KUN.UZ tahririyatiga bir biridan mustaqil ikkita manbadan şunday xatning suratlari yetib keldi.
Unga köra, tijorat banklari boşqaruvi raislari va Markaziy bankning hududiy boş boşqarmalari boşliqlaridan 2017 yil paxta hosilini yiğib terib olinişiga kömaklaşiş maqsadida bankning har bir hududiy filiallarida işlayotgan HAR BIR XODIM 5 NAFARDAN TeRIMÇI paxta yiğim-terimiga jalb etilişini taşkil qilişi söralmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12 sentabr kuni «Respublika bank tizimi barqarorligi va rivojlanişini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzolagan edi.
Qarorga köra vazirliklar va idoralar, davlati hokimiyati organlari rahbarlari:
– tijorat banklari va uning filiallari işiga aralaşişi, tadbirkorlik risklarini boşqarişi, jumladan, biznes rejalarda nazarda tutilmagan xayriya va vznoslar böyiça xarajatlarni amalga oşirişi;
– davlat va hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş dasturlariga tijorat banklari hisobidan amalga oşiriladigan loyihalarni ularning ijobiy xulosasini olmasdan qöşiş taqiqlangan edi.
Boş prokuraturaga davlat organlarining tijorat banklari işiga aralaşiş ustidan nazoratni kuçaytiriş vazifasi topşirilgan edi. Prezident qarori 25 sentabrdan kuçga kirgan.
Eslatib ötamiz, Respublikamizda 1000ga yaqin tijorat banklari filiallari mavjud va unda bir neça ön ming xodim faoliyat olib bormoqda. Markaziy bank raisi örinbosari tomonidan yöllangan xatda 5 nafardan terimçi qay tariqa jalb etilişi va ularning mehnati nimaning hisobiga moliyalaştirilişiga aniqlik kiritilmagan.
KUN.UZ tahririyati bu masalalarni aniqlaştiriş uçun Markaziy bank raisi örinbosari Şuhrat Atabayev bilan boğlandi va uşbu xatga izoh söraldi.
Şuhrat Atabayev şunday dedi: «Bu xat jönatilişidan maqsad, banklar joylaşgan hududlarda bekor yurgan, işsiz fuqarolar bölsa, paxta yiğim-terim vaqtida ularga tarğibot qiliş. Bankirlar yoki byudjyet taşkilotlarni çiqaringlar, degan topşiriq yöq.











