22 sentabr kuni Islom Karimov nomidagi fondning www.fondkarimov.uz sayti işga tuşdi. Unda Fond haqida, uning faoliyat yönalişlari, yangiliklar, loyiha va dasturlari haqida batafsil ma'lumotlar berib borilişi ma'lum qilingandi. Özbekiston Birinçi Prezidentning hayoti va faoliyatiga bağişlangan adabiy asarlar, şaxsiy arxivdan olingan fotosurat va videolavhalar, şuningdek, Islom Abduğaniyeviçning asarlari, maqola va iqtiboslari saytda keltiriladi. Islom Karimov Fondining Facebook'dagi sahifasida Birinçi Prezidentning onalari Sanobar aya Karimova haqidagi ma'lumotlar va Islom Karimovning onalari haqidagi sözlari yozilgan arxiv video taqdim etildi. 

"Islom Karimovning volidalari Sanobar Karimova (1902-1982) sakkiz nafar farzandni dunyoga keltirib, öz hayotlarini ularning tarbiyasiga bağişlaganlar.

Yurtimizning birinçi Prezidenti hamişa onalarini katta mehr bilan yodga olardilar. Ayniqsa, oyilarining ovqat pişirişlari, xamir qorib yoyişlari közlari oldidan tez-tez ötişini köp takrorlar edilar.

Islom Abduğaniyeviç bolalik çoğlari oyilari bozorga borganlarida yoki qarindoşlari holidan xabar olganlarida hamişa ularga hamrohlik qilişlarini aytib ötganlar. 

U kişi öz onalari nihoyatda dono va zakovatli ayol bölganlarini sözlab berardilar. Öğillari Toşkentdan Samarqandga ulardan xabar olgani kelganlarida, Sanobar aya yurtimiz va dunyoda sodir bölayotgan hodisalardan hamişa qiziqib sörar ekanlar".