«Bavariya» boş murabbiy Karlo Ançelottini öz lavozimidan ozod qilişi mumkin. Bu haqda nemis tabloidi Bild xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, myunxenliklar klubi rahbariyati Parijdan qaytib kelganidan söng bugun keçki vaqt şoşilinç majlis çaqirgan. «Bavariya»ning Fransiyadagi «PSJ»ga yirik hisobdagi mağlubiyati (0:3) bunga sabab sifatida körsatilmoqda.
Yiğilişda klub rahbariyati Ançelottining kelajagini muhokama qiladi. Qayd qilinişiça, murabbiyni iste'foga çiqariş masalasi ham kun tartibiga qöyiladi.
«Bavariya» direktorlar kengaşi raisi Karl-Haynts Rummenigge va sport direktor Hasan Salihamidjiç Ançelotti bilan boğliq vaziyatga izoh berişni istamagan. Agar italiyalik mutaxassis iste'foga çiqariladigan taqdirda uning örniga Villi Sanol vaqtinçalik boş murabbiy etib tayinlanişi mumkin.












