Yevropa çempionlar ligasining D guruhidan örin olgan ikkinçi tur uçraşuvlari favoritlar uçun juda oğir keçdi, ammo yakunda ular baribir öz maqsadiga yetişdi.

Portugaliyada «Sporting» mehmoni bölgan «Barselona» katta qiyinçilikka duç keldi. Faqatgina 49-daqiqa mezbonlarning avtogoli evaziga Valverde şogirdlari kiçik hisobda ğalaba qozondi. «Yuventus» esa Gretsiyaning «Olimpiakos»ni qabul qilib, 70 daqiqa mobaynida yunon qöpğonini yorib öta olmadi. Şundan söng Iguain jamoasini hisobda oldinga olib çiqqan bölsa, keyinroq Mario Mandjukiçning goli evaziga öyinga nuqta qöyildi.

Uşbu natijalardan keyin «Barselona» 6 oçko bilan guruhda yetakçilik qilayotgan bölsa, «Yuventus» va «Sporting» hisobida 3 oçkodan jamğargan. «Olimpiakos» esa ikki turdan buyon birorta ham oçko jamğara olmagan.

Yevropa çempionlar ligasi, 2-tur
«D» guruhi

Sporting (Portugaliya) – Barselona (Ispaniya) 0:1 (0:0)
Gol: Koates (49, avtogol).
Sporting: Ruy Patrisiu, Koates, Koentrau (Silva, 74), Piççini, Mate, Fernandeş, Battalya, Akunya (Bruno Sezar, 73), Vilyam Karvalyu, Jyelson Martinş, Dumbiya (Dost, 44).
Barselona: ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Umtiti, Rakitiç, Buskets, Serdji Roberto (Andre Gomeş, 87), Inesta (Paulino, 80), Messi, Suares (Aleiş Vidal, 89).
Ogohlantirişlar: Jyelson Martinş (6), Koentrau (26), Dumbiya (40), Akunya (48), Piççini (53), Koates (58), Nelson Semedu (69), Aleiş Vidal (90).

Yuventus (Italiya) – Olimpiakos (Gretsiya) 2:0 (0:0)
Gollar: Iguain (69), Mandjukiç (80).
Yuventus: Buffon, Kellini, Bardzali, Aleks Sandro, Kuadrado (Iguain, 60), Sturaro (Benatiya, 81), Duglas Kosta (Bernardeski, 84), Matyuidi, Bentankur, Dibala, Mandjukiç.