Yevropa çempionlar ligasining «S» guruhida bölib ötgan 2-tur sönggi uçraşuvi dramatik voqealarga boy böldi. Madridda «Atletiko» mehmoni bölgan, Londonning «Çelsi» klubi sönggi daqiqalarda körsatgan irodasi evaziga ğalaba qozondi.

Uçraşuvning birinçi bölim 40-daqiqasida David Luiz işlatgan qöpollik sabab belgilangan penaltini Antuan Grizmann aniq amalga oşirib, hisobni oçdi. Ikkinçi bölimda Alvaro Morata faoliyati davomida ilk marta «Atletiko» darvozasini işğol qilib, muvozanatni tikladi. Hamma uçraşuv şu hisobda tugaydi deb turganida, «Çelsi» sönggi soniyalarda haqiqiy qahramonlik körsatdi. Mişi Batşuayi tomonidan kiritilgan gol «Çelsi»ga ğalaba keltirdi.

Uşbu ğalabadan keyin «Çelsi» hisobidagi oçkolar soni 6taga yetdi. «Atletiko» esa 1 oçko bilan 3-örinda qolmoqda.

Yevropa çempionlar ligasi, 2-tur
«C» guruhi
Atletiko (Ispaniya) – Çelsi (Angliya) 1:2 (1:0)
Gollar: Grizmann (40, penalti) – Morata (59), Batşuayi (90+4).
Atletiko: Oblak, Godin, Filipe Luis, Xuanfran, Lyuka Ernandes, Saul, Parti (Ximenes, 77), Ferreyra Karrasko (Torres, 69), Koke, Korrea (Gaytan, 71), Grizmann.
Çelsi: Kurtua, Aspilikueta, David Luiz, Keyxill, Mozes, Fabregas (Kristensen, 86), Kante, Azar (Villian, 82), Bakayoko, Alonso, Morata (Batşuayi, 82).
Ogohlantirişlar: David Luiz (39), Parti (47), Grizmann (54).