Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif Nyu-Yorkdagi Osiyo Jamiyatida sözlagan nutqida AQŞning Suriyadagi harakatlariga baho berdi. «Menimça, bugungi kunda ustuvor vazifalar özgardi va AQŞ hukumatiga IŞIDni mağlub qilişdan köra, Suriya hukumati Iroq bilan çegara ustidan nazoratni qaytarmasligiga yöl qöymasligi muhimroq», - deya uning sözlarini keltiradi «RIA Novosti».
Vazir, şuningdek, Eronning Suriya masalasiga yeçiş topişdagi vazifasini ham ma'lum qildi. «Biz Suriyada kimnidir qöllab-quvvatlaş uçun emas, balki terrorçilarga qarşi kuraşiş uçun harakat qilmoqdamiz», - deydi Muhammad Javod Zarif.
Eslatib ötamiz, iyun oyida Eron Suriyadagi terrorçilarning pozitsiyalariga qarata oltita örta masofadagi raketalarni uçirgandi, ular «nişonlarga yuqori aniqlikda zarba bergan». Zarba Eronda 7 iyun kuni röy bergan «jinoyatlarga javob tarzida» berilgan, öşanda ikki ekstremistlar guruhi Tehronda parlamentga va poytaxt yaqinidagi Imom Homeyni maqbarasiga hujum qilgandi.












