Vyaçeslav Yervandoviç Avakov 25 yil davomida (1991-2016) Islom Karimovning davolovçi şifokori bölib xizmat qilgan, şuningdek ularni qadrdon döstlik riştalari boğlab turgan. Islom Abduğaniyeviç kundalik hayotda qanday inson bölgan, böş vaqtida nimalar bilan şuğullangan, uşbu buyuk şaxs bilan döstlik haqidagi eksklyuziv intervyu Islom Karimov Fondining Facebook sahifasi orqali taqdim etildi.
"Birinçi tanişuvimiz rasmiy muhitda ötgan - biz Prezident tibbiy xizmatining öziga xos jihatlari haqida suhbatlaşganmiz. Mening vazifam Prezident soğliğini nazorat qilişdan iborat bölgan. Islom Abduğaniyeviçga qayerdadir qandaydir tekşiruvlar ötkazişni taklif qilar edik, buni amalga oşiriş juda qiyin edi - birinçidan, uning böş vaqti yöq edi, ikkinçidan, u maktabda ham, institutda ham sport bilan şuğullangan, jismonan baquvvat edi va ötkazilgan har qanday tekşiruvlar uning salomatligi yaxşi ekanini körsatardi.

Ilk kunlardanoq, ya'ni respublikaning endi oyoqqa turayotgan paytlari - u vaqtlar Özbekistonni heç kim bilmagan - Karimov davlat rahbari sifatida dunyoning turli mamlakatlariga borib, Özbekistonni tanitardi, bu safarlarda unga doim hamrohlik qilardim. Islom Abduğaniyeviç Niderlandiyada işbilarmonlar bilan uçraşgan, u yangi mustaqil davlat Özbekiston haqida, uning heç qanday taşqi qarzlari yöqligi, bizda turli foydali qazilmalar köpligi haqida tölib-toşib sözlardi. Şunda niderlandiyalik işbilarmonlardan biri turib, "Bilasizmi, bu yerga siz bilan uçraşişga kelişdan avval xaritadan sizning mamlakatingizni uzoq izladim va topa olmadim" dedi. Islom Karimov bunday vaziyatdan şunday ustalik bilan çiqdiki, qoyil qolmay iloj yöq: "Umuman olganda, Özbekistonni bilmasligingiz va xaritadan topa olmaganingiz ajablanarli emas, albatta, holbuki, Özbekiston - bu beş-oltita Niderlandiya degani", - dedi Karimov. Hammaning yuziga tabassum yugurdi.
Arxiv video: Islom Karimov onalari haqida
Özbekistonning endi oyoqqa turayotgan paytida xorijiy safarlar köp bölib, ularning bari juda murakkab edi. Prezident esa ularni yanada murakkablaştirardi, nima uçun? Deylik, 3 kunlik safar rejalaştirilgan, oradagi tanaffuslar inobatga olingan holda, u ana şu tanaffuslarni 50 daqiqagaça qisqartirardi va biz 3 kunlik safarni 2 kunda yakunlab qaytar edik. Bunday tiğiz grafik - yuqori qon bosimi degani. Orada delegatsiya a'zolari soğliğidan şikoyat qilardi - kimdir ovqatdan zaharlangan, yana kimnidir qon bosimi bezovta qilgan. U özini psixologik jihatdan ortiqça yuklab taşlagan va şunday tartibga rioya qilgan, qolganlardan ham şuni talab qilgan. Bu insonning butun hayoti, şiori şunday bölgan.















