Özbekiston huquqni muhofaza qiliş organlari noqonuniy valyutafuruşlar faoliyatini aniqlaş va oldini oliş böyiça keng kölamli kampaniya doirasida bir qator çora-tadbirlarni amalga oşirib kelmoqda. Bu işda ayniqsa, Milliy xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura tomonidan taşkil etilgan maxsus guruhlar faollik körsatmoqda.
Xususan, Xorazm viloyatidagi maxsus amaliyot vaqtida, 6100 AQŞ dollarini 8200 sömlik kurs böyiça 50 million sömga sotişga uringan Urganç şahrida istiqomat qiluvçi 41 yoşli Davron Rözmetov jinoyat ustida qölga olindi. Tintuv davomida uning yonidan yana 2300 dollar va 5 ming Rossiya rubli topilgan.
«Farğona viloyatida tezkor xodimlar 7850 dollarni 64,6 mln. sömga sotiş paytida Qöqon şahrida istiqomat qiluvçi 26 yoşli Hamidjon Azimov, şuningdek, kelişuvda vositaçi sifatida iştirok etgan uning jiyani A.Nazirovni qölga olişdi. H.Azimovga tegişli bölgan «Damas» avtomaşinasidagi tintuv davomida yana 1,1 mln. söm topildi», - deya xabar berdi Milliy xavfsizlik xizmati vakili.
Bundan taşqari, Milliy xavfsizlik xizmati va Departament maxsus guruhi Farğona viloyati Toşloq tumanida istiqomat qiluvçi 31 yoşli Bobur Tojiboyevni mijozga 5 ming AQŞ dollarini 8100 sömlik kursda 40,5 mln. sömga sotişga uriniş çoğida jinoyat ustida qölga oldi. Tekşiriş mobaynida erkakning şaxsiy narsalaridan yana 330 dollar va 2,5 million söm topildi.
Yuqorida keltirilgan holatlar böyiça Boş prokuratura huzuridagi Departament tomonidan qölga olingan şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) böyiça jinoiy işlar qözğatildi.












