Misrda milliy koinot agentligi taşkil etilmoqda. Tegişli farmonni mamlakat boş vaziri Şarif Ismoil imzoladi, deb xabar bermoqda Extra telekanali. Hujjat keyingi haftada yozgi ta'tildan keyin faoliyatini davom ettiradigan parlamentga tasdiq uçun beriladi.
Vazirlar mahkamasi yiğilişi yakunlari böyiça Misr oliy ta'lim işlari vaziri Xolid Abdulğafforning ma'lum qilişiça, “Misrda sun'iy yöldoşlarni uçiriş tajribasi bor”. “Soha böyiça agentlikning taşkil etilişi mamlakat özining koinot texnologiyalarini faol rivojlantirişida kömak beradi”, deb aytgan vazir.
Joriy yil iyulida 2019 yilda Misrning EgyptSat-A koinot qurilmasini uçiriş rejasi ma'lum qilingandi. Bu qurilmani Rossiyaning “Energiya” raketa-koinot korporatsiyasi 2015 yilda safdan çiqqan EgyptSat-2 sun'iy yöldoşi örniga yaratadi. Yöldoş takomillaşgan optik-elektron tizim va bort boşqaruv majmuasi, yuqori tezlikdagi bort radioliniyasi va modernizatsiyalaşgan quyoş batareyalarini oladi.
EgyptSat-2 2014 yil 16 aprelda Boyqönğir kosmodromidan “Soyuz-U” raketa-taşuvçisi yordamida uçirilgan. Undan avvalgi EgyptSat-1 Ukrainaning “Yujnoye” knstruktorlik byurosi tomondan yaratilgan bölib, 2007 yilda ”Dnepr” raketasi yordamida orbitaga yetkazilgan. 2010 yil iyulda sun'iy yöldoş bilan aloqa yöqolgan.












