Şomil bolaligidan çorva parvarişiga işqiboz bölib, ançadan beri bitta durustroq qöy sotib olişni öylab yurgandi. Bugun öşa rejasi amalga oşadigan böldi.
Şundanmi, erta tongdan kayfiyati çoğ, sabri çidamay yuzini ham amallab “muşukyuviş” qildi-da, nonuştani ham nasiya qilgança bozorga otlandi. U maşinasini “stoyanka”ga qöyib, har ehtimolga qarşi eşiklarini berkitganini yana bir bor tekşirib qöydi. Hammasi joyida, ortiqça xavotirga örin yöq.
Şomil bozor içkarisiga kirib, közdan ğoyib bölgani zahoti xuddi osmondan tuşgandek uning avtomaşinasi yonida sipo kiyingan kimsa paydo böldi. “Mehmon”ning körinişi biroz şubhali bölib, bir qaraşda uning közlari olazarak boqayotganini payqaş qiyin emasdi. U köçadagi ötkinçilarga hamda bozor oldida yiğilgan odamlarga bu maşina öziga qaraşlidek taassurot uyğotmoqçi bölib, avtoulov yonida piça kuymalanib yurdi. Söng atrofni sinçiklab kuzatib, heç kim öziga e'tibor bermayotganiga qat'iy işonç hosil qilgaç, sekingina işga kirişdi.
Yoşi 50 dan ötsa-da, hamon pok-nopok yöl orasidagi farqni tuşunişni istamaydigan bu kimsa şaharni bedarvoza bildi çoği, çöntagidan kalitlar şodasini çiqarib, ular içidan maşina yukxonasi qulfiga tuşadiganini qidira boşladi. Ança urinişlardan keyin kalit topildi. U şoşib yukxonani oçdi-da, tartib bilan joylaştirib qöyilgan anjomlar – zaxira ballon, öt öçiriş moslamasi, haydovçilik jileti, avtomaşina farasi, 1 dona kötariş moslamasi va yana bir qança ehtiyot qismlarni körib, közi öynab ketdi. “Hammasini oliş kerak!”
Öğri hovliqqança ularni xaltaga solarkan, dam-badam çor-atrofga köz taşlab qöyişni ham unutmasdi.
“Hunari”dan ğururlanib, yukxonani ship-şiydam qilgan kissavur heç narsa bölmagandek uning eşigini berkitdi-da, juftakni rostladi. Ammo maşinadan köp ham uzoqlaşişga ulgurmadi, ançadan beri uni şubha ostiga olib kuzatayotgan içki işlar xodimlari tomonidan qölga olindi. Çunki bu kabi kissavurlarning turli nayranglarini köraverib, közlari pişib ketgan tartib posbonlari ham öz işlarining ustasi edilar.
Bozorni uzoq aylangan Şomil könglidagi qöçqorni topib, egasi bilan narx borasida erinmay savdolaşdi va nihoyat maşinalardan biriga ortib, uyiga jönatib yuborgaç, yengil tortdi va xuş kayfiyatda maşinalar saqlaş joyi tomon yurdi. Biroq uning maşinasi yonida turli notaniş kişilarni körib, hayron böldi.
- Akalar, tinçlikmi? Nima gap özi?
Ulardan biri hujjatini körsatib, özini taniştirarkan, bölgan voqeani qisqaça sözlab berdi. Bugun ertalabdan işlari yurişib, şodlikdan sarmast yurgan Şomilning bir zumda köngli xira tortdi. Qani endi öşa birovning maşinasi eşigini buzadigan, xotirjamligiga rahna solib, ne maşaqqatlar bilan topgan molini olib ketaveradigan qallob yaramasni boplab ta'zirini bersa!











