2017 yilning 29 sentabr kuni Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirill O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu TIV saytida xabar berilgan.
Rossiya pravoslav cherkovi rahbarining tashrifi dasturidan O‘zbekiston davlat tuzilmalari va Musulmonlari diniy idorasi rahbariyati bilan uchrashuvlar, Samarqand va Buxoro shaharlariga tashriflar o‘rin olgan.
Moskva va Butun Rus Patriarxi Kirill O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.















