Şu yilning oktabr oyida Visa Card kompaniyasi delegatsiyasi Özbekistonga taşrif buyuradi va hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qiladi. XPK sessiyada iştirok etgan Özbekiston Milliy banki boşqaruvi raisi Suhrob Xolmurodov şu haqda ma'lum qildi. 

Uning qayd etişiça, Özbekistonda valyuta almaşuv kurslarining bir xillaştirilişi va valyuta bozorining liberallaştirilişi Visa Card uçun yirik bozor eşiklarini oçmoqda. Şu bois kompaniya Özbekistondagi faoliyatini kengaytirişga qiziqiş bildirmoqda.
 
Xolmurodovning sözlariga köra, Visa Card delegatsiyasi 9 oktabr kuni amaliy taşrif bilan keladi. Ular bilan muzokaralarda Milliy bank va Visa Card örtasida munosabatlarni kengaytiriş böyiça fikr almaşiladi va “yöl xaritasi” işlab çiqiladi hamda kompaniyaning Özbekiston bozoridagi iştiroki muhokama etiladi.