Telegram servisi asosçisi Pavel Durovning ma'lum qilişiça, kompaniya öz siyosatini davom ettiradi, foydalanuvçilar anonimligi va axborot almaşişi erkinligini himoya qiladi.

«Telegram erkinlik va maxfiylikni himoya qilişda davom etadi. Mamlakatlar tomonidan qöyilgan qandaydir çeklovlar heç narsani özgartirmaydi», - deya yozdi Durov Telegram’dagi öz kanalida.

Bundan taşqari, messenjer yaratuvçisi Rossiya va Eron hukumati bunday ilovalar faoliyatini tartibga soliş doirasida öz pozitsiyasini yumşatişiga umid bildirdi. «Umid qilamanki, bir kun Eron va Rossiya şunday nuqtaga yetadiki, biz hamda boşqa AT-kompaniyalar u yerda öz ofislarimizni oçişimiz mumkin böladi. Ungaça foydalanuvçilarga anonim ravişda xabar almaşiş imkoniyatini berişda davom etamiz va erkinlik hurmat qilinadigan mamlakatlar hududida işlaymiz», - deya ta'kidlaydi Durov.

Ötgan seşanba kuni Eron prokuraturasi Durovga qarşi jinoiy iş oçdi. Eron prokuraturasi ma'lumotlariga köra, messenjer bolalar pornografiyasini, şuningdek, IŞID terroristik guruhi jangarilari tomonidan ekstremistik ma'lumotlarni tarqatiş maqsadida işlatilgan.

Bundan taşqari, Rossiya Federatsiyasi Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Nikolay Nikiforovning «Interfaks»ga bergan intervyusida ma'lum qilişiça, kompaniya Rossiya qonunçiligiga rioya qilmaslikda davom etsa, Telegram messenjeri bloklab qöyilişi mumkin. Vazirning ta'kidlaşiça, «qonunni bajariş nuqtai nazaridan hamkorlik qilmaydigan kompaniyalar bloklanadi».

Şuningdek, Rossiya va Eron rasmiylarining talablarini izohlar ekan, Telegram asosçisi Durov kompaniyaga bosim ötkazadigan mamlakatlarda biznesni töxtatişga tayyorligini bildirdi.

«Ba'zi mamlakatlarda biz foydalanuvçilarning şaxsiy ma'lumotlari himoyasi tufayli bosim ostida qolayotganimizdan taşvişlanmayapmiz. Biz bunday mamlakatlar bilan ham şaxsiy, ham işbilarmon aloqalarni uzişga har doir tayyormiz, şu tariqa ular bunday bosim ötkaziş imkoniyatidan mahrum etiladi», - deya yozdi Durov. 

Rossiya va Erondagi ta'qiblar Telegram biznesi uçun unçalik muhim emas, sababi kompaniya uşbu mamlakatlarning heç birida yuridik şaxs sifatida mavjud emas, dedi Durov. Uning sözlariga köra, Rossiya bilan şu nuqtai nazardan sönggi aloqa iyulda uzilgan. Öşanda Telegram messenjerning spamdan himoyasini ta'minlovçi Peterburgning «Telegraf» MÇJ bilan aloqalarni töxtatgandi.

Durovning sözlariga köra, unda Eronda non-grat personasi bölişdan qörquv yöq. Sent-Kitts va Nevis federatsiyasi (Britaniya hamdöstligiga kiradi) pasportiga ega bölgan tadbirkor uçun Rossiyaga taşrif buyurişning qiyinlaşişi sezilarli zarba bölib tuşişi mumkin. RFda uning ota-onasi yaşaydi. «Ammo bu örtaga tikilgan narsaga nisbatan kiçik narx», - deb yozadi Durov.

Telegram asosçisining fikriça, Eron va Rossiya hukumati biznes yuritiş erkinligini çeklab, öz mamlakatlarining iqtisodiga köproq zarar keltirmoqda. Sönggi yillarda Google, Oracle va Microsoft Rossiyada rivojlaniş böyiça ofislarini yopişdi, ularning ketidan unça katta bölmagan kompaniyalar ham şunday   qarorga kelişgan, deya ta'kidlab ötdi Durov öz bayonotida.