Kriştianu Ronaldu instagramdagi sahifasida özining yangi avtomobili fotosini joylaştirdi.

«Yangi toyçoq tayyor», – deya izoh yozgan futbolçining özi.

Bu giperkar Bugatti Chiron. Bunday maşina narxi qariyb 3 mln dollar turadi, uning quvvati 1500 ot kuçiga teng. Maksimal tezligi soatiga 420 kilometr. 2,5 soniyada noldan 100 km/s tezlikka çiqadi, 6,5 soniyada 200 km/s, 13,6 soniyada esa 300 km/s.

Butun dunyoda bunday avtomobildan atigi 500ta işlab çiqarilgan. 

Şu oy boşida Kriştianu ijtimoiy tarmoqda boşqa bir yangi maşinasini namoyiş etgandi – bu töq qizil rangli Ferrari F12 TDF. Bu avtomobil narxi atigi 350 000 funt turadi va yangisi bilan heç bir jabhada tenglaşa olmaydi.