Intel va Ericsson kompaniyalari Pekinda ilk marta köp turdagi simsiz 5G tarmoğining özaro işlaşini namoyiş qilişdi. Sinov 5G tarmoğini yoyiş uçun möljallangan 3,5 GGts li diapazonda amalga oşirilgan.
Bu sinovlar Xitoyning sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi rahbarligi ostida mamlakatning yirik aloqa operatorlari uçun ajratilgan diapazonda simsiz interfeys va apparat ta'minotining özaro mosligini tekşiriş doirasida bölib ötgan.
Ericsson muhandislari yaratgan prototip Massive MIMO texnologiyasidan foydalangan, Intel esa 5G New Radio standartini qöllab-quvvatlovçi 3-avloddagi Mobile Trial Platform platformasini taqdim qilgan.
Bundan taşqari, Intel ötgan haftada 5G New Radio bayonnomasi sinovlari böyiça Huawei kompaniyasi bilan şerikçilik kelişuvini imzolaganini ma'lum qilgan. Intel sinovlar vaqtida 6 GGts dan pastroq diapazonda Huawei bazaviy stansiyasi prototipi bilan birga Mobile Trial Platform’dan foydalanmoqçi. Huawei’da ta'kidlanişiça, bu sinovlar uşbu industriyaning bölğusi yönalişini belgilaydi hamda 5G standartidan tijorat maqsadlarida foydalanişga oz qolganini körsatadi.
Qualcomm rahbari Stiven Mollenkopfning fikriça, 5G formatiga ommaviy ötiş u taxmin qilgandan bir yil avval, ya'ni 2019 yilda boşlanadi. Birinçi bölib dökonlarida 5Ğga ega qurilmalar paydo böladigan davlatlar orasida AQŞ, Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy böladi.












