Dunyoning eng badavlat kişilari reytingining yuqori poğonalarini egallab keluvçi Bill Geytsning misli körilmagan muvaffaqiyati iste'dod va sa'y-harakatlardan köra bizga boğliq bölmagan şart-şaroitlar qanday ahamiyatga ega bölişi mumkinligi haqida "sözlaydi".

Albatta, bizga nima uçundir doim hayotda katta muvaffaqiyatga erişgan kişilar yuqori malaka yoki iste'dodga ega ekandek körinadi. Biroq aslida bunday emas, deyiladi BBC'da.

Misli körilmagan muvaffaqiyat, qoidaga köra, misli körilmagan şart-şaroitlarda yuzaga keladi.

Aksariyat muvaffaqiyatli odamlar şunçaki kerakli vaqtda kerakli joyda paydo bölişgan.

Köpçilik Geyts va unga öxşaganlardan muvaffaqiyat sirlarini bilib oliş mumkin deb, ularni hurmat va e'tirofga loyiq deb hisoblaşadi. Biroq agar siz ular muvaffaqiyatga faqatgina qattiq mehnat orqali erişgan deb jiddiy öylasangiz, adaşasiz. Hattoki Geytsga astoyidil taqlid qilsangiz ham, uning martabasiga erişişingiz amrimahol.

Masalan, Geyts öziga töq oiladan çiqqan. Xususiy ta'lim unga öz davrida dasturlaştiriş tajribasiga ega böliş imkonini bergan, zero u vaqtlar aholining 0,01 foizidagina kompyuterda işlaş imkoni bölgan.

Billning onasi IBM direktorlar kengaşi raisi bilan taniş bölgan va bu unga öz davrining ilğor kompyuter kompaniyasi bilan şartnoma tuziş imkonini bergan. Bu esa, öz örnida, uning şaxsiy imperiyasini qurişda hal qiluvçi rol öynagan.

IBM komyuterlarini xarid qilgan mijozlar u bilan birga taqdim etiluvçi Microsoft dasturiy ta'minotini örganişiga töğri kelgan. Bu avvalboşdanoq bozordagi vaziyatni Microsoft foydasiga hal qilgan: mijozlarning aksariyat qismi undan keyin ham kompaniyaning dasturiy ta'minotidan foydalanişda davom etişgan - bu uning obektiv jihatdan yaxşiroq bölgani uçun emas, qöşimça narsani özlaştiriş uçun köpçilikning vaqti bölmaganidandir.

Bugungi kunda Microsoft bozordagi uluşi böyiça raqiblarini bir neça barobarga ortda qoldirişi mumkin, aslida esa bu tafovut avvalboşdanoq Geytsning omadi kelgani bilan izohlanadi.

Alabatta, Microsoft'ning muvaffaqiyatida Bill Geytsning iste'dodi va mehnati ham muhim ahamiyatga ega, biroq qolgan omillarsiz buning özi yetarli bölmasdi - demak, qaysidir ma'noda şart-şaroitlar iste'dod va mehnatdan muhimroq.