Toşkent IIBB tezkor xizmatlari Abbosxon Xöjayevni hibsga olişdi, u, huquqni muhofaza qiliş organlari ma'lumotlariga köra, poytaxtning «kriminal avtoriteti» nomiga da'vogarlik qilgan. Bu ma'lumotni poytaxt IIBB boşliğining örinbosari, Tergov bölimi boşliği Doniyor Toşxöjayev 28 sentabr kuni bölib ötgan brifingda tasdiqladi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.
«U jinoiy guruhni taşkil etgani va avtoritet maqomini qölga kiritiş uçun harakatlarni amalga oşirgani tasdiqlandi. Tezkor kuçlar tomonidan mazkur harakatlar bartaraf etildi. U hibsga olindi, şeriklari aniqlanmoqda», - degan Doniyor Toşxöjayev.
«Şuni işontirib aytişim mumkinki, Toşkentda heç kimning qonundan ustun bölişiga yöl qöyilmaydi. Konstitutsiya, Jinoyat-protsessual kodeks, normativ hujjatlar, hokimiyat, huquqni muhofaza qiliş idoralari mavjud. Bu yerda «köça»ga joy yöq», - deya qöşimça qilgan Toşxöjayev.
Abbosxon Xöjayevga giyohvand moddalarni saqlaş aybi e'lon qilindi (JKning 273-moddasi 5-qismi).












