AQŞ prezidenti Donald Tramp "Mariya" dovulidan aziyat çekkan Puerto-Riko uçun savdo çeklovini bekor qildi. Bu haqda Tramp matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi. 

"Puerto-Riko gubernatori Rikardo Rossello murojaati bilan prezident Puerto-Riko uçun Jons qonuni amal qilişini bekor qilişga ruxsat berdi. Uşbu qaror darhol kuçga kiradi", deb yozgan Sanders tvitterda.

Jons qonuni deb ataluvçi kemaçilik haqidagi qonun 1920 yil qabul qilingan. U AQŞ portlari orasida savdoni amalga oşiruvçi kemalar AQŞda qurilgan bölişi, amerikaliklarga tegişli bölişi va ekipaji amerikaliklardan tuzilgan bölişini talab qiladi. Bu qonun  Birinçi jahon uruşidan keyin içki bozorda raqobatni çeklaş va bir vaqtda yangi uruş holatida yordamçi sifatida qöllaş mumkin bölgan keng savdo flotini yaratiş uçun qabul qilingan.

Qonun tarafdorlari bu qonun AQŞda işçi örinlari taşkil etişga yordam berişini aytib keladilar. Unga qarşilarning fikriça, bir asr avvalgi qonun raqobatning keraksiz pasaytirilişi va yetkazib beriladigan mahsulotlar narxlari oşişiga olib keladi.

"Mariya" dovuli oqibatida Puerto-Rikoning 97 foiz aholisi elektr energiyasiz qolmoqda, suv esa yarim aholida bor.