U tomonidan e'lon qilingan suratlarda teleskopning közgusi ustida troslarda uşlab turilgan platforma ham, troslar ham yöqligini köriş mumkin. 

Yarim asr avval Puerto-Riko toğlaridagi vulqon kraterida qurilgan ulkan radioteleskop ön yillar davomida dunyodagi eng yirik radioastronomik asbob hisoblab kelingan.

Teleskop bilan muammolar avgustda boşlangan. Öşanda qabul qiluvçi apparatura joylaşgan palftormani uşlab turuvçi yordamçi troslardan biri uzilişi oqibatida qurilmaning közgusida 100 metrlik darça hosil bölgan. Noyabrda esa asosiy tros ham uzilgan. Şundan keyin teleskopda kuzatuvlar olib borilişi töxtatilgan va teleskop qulaşi mumkinligi sababli uni demontaj qilişga qaror qilingan. Şundan keyin ba'zi taşabbusçilar maşhur teleskopni saqlab qoliş uçun xayriya mablaği töplaşni taklif qilişgan.

1LzNZVS4uO-2x9TrCmMW4CRkhciiZI0z.jpg (512×288)

57 yil faoliyat yuritgan teleskop qurilişi 1960 yilda boşlangan. Undan dastlab Yer ionosferasini örganişda foydalaniş möljallangan. 1963 yilda işga tuşirilgan teleskop yordamida köplab kaşfiyotlar amalga oşirilgan, jumladan bir qator pulsarlar aniqlangan va Merkuriy haqida yangi ma'lumotlar olingan.

Teleskopning közgusi diametri 304,8 metrni taşkil qiladi. U yordamida 1974 yilda M13 yulduzlar ğujumi tomon özga sayyoraliklarga kodlangan radiomurojaat yöllangan.