AQŞ davlat departamenti noma'lum muddatga Kubada AQŞ vizalarini berişni töxtatdi. Bu haqda 29 sentabrda departament vakili ma'lum qildi.  

Diplomatning aytişiça,  AQŞ Kubaga rasmiy delegatsiyalar yubormaydi.

Bundan taşqari, davlat departamentida ma'lum qilinişiça, AQŞning Gavanadagi elçixonasi xodimlari soni 2 barobarga qisqaradi.  Bunga esa amerikalik diplomatlarga "akustik hujum" yetkazilişi bilan boğliq yaqinda yuz bergan voqealar sabab bölgan.

"Davlat departamenti 29 sentabrda Gavanadagi elçixonada muhim vazifalarni bajarmaydigan xodimlar va ularning oila a'zolariga AQŞga qaytişga körsatma berdi", deb aytilgan departamentda.

Qolgan xodimlar esa öz işlarini davom ettiraveradilar.

Departamentda AQŞ amerikalik diplomatlarga ziyon yetkazilişi bilan boğliq voqealar sababli ayni vaqtda Kuba bilan diplomatik munosabatlarni uzişni istamayotgani ta'kidlab ötildi.

"Biz Kuba bilan diplomatik aloqalarni saqlab qolamiz", deb aytgan departament vakili. Uning aytişiça, hujumlar tergov qilinmoqda, ularning sababi va aybdorlar hali aniqlanmagan. "Biz bunda uçinçi davlatlar iştirok etgani bölişini istisno qilmaymiz, biroq tergov davom etmoqda", deb ma'lum qildi vakil. 

Kuba uşbu hujumlarga aloqadorligini inkor qilib kelmoqda.