Rossiyalik milliarder Alişer Usmonovga tegişli bölgan USM Holdings kompaniyasi Coscom mobil aloqa operatorini (Ucell savdo belgisi) sotib olişi mumkin. Bu haqda CNews naşri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga köra, USM Holdings hozirda Şvetsiyaning Telia kompaniyasi bilan Coscom mobil aloqa operatorini sotib oliş böyiça muzokaralar olib bormoqda.

Qayd etib ötiş joiz, Ucell abonentlar soni böyiça Özbekistonda ikkinçi örinda turuvçi aloqa operatori sanaladi. 2016 yilning sönggiga qadar bölgan ma'lumotlarga köra, kompaniya 9 mlndan ortiq abonentga xizmat körsatadi.

USM Holdings Alişer Usmonovning «Metallinvest» holdingi asosiy aktivlariga ham egalik qiladi. Şuningdek USM Holdings «Megafon» aloqa operatori aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiladi. Bundan taşqari, Telia ham «Megafon»da öz uluşiga (25 foiz) ega sanaladi.