Maxfiy ma'lumotlarni oşkor qilişga ixtisoslaşgan WikiLeaks asosçisi Julian Assanjning fikriça, Kataloniya mustaqilligiga doir referendum atrofidagi vaziyatni birinçi jahon internet uruşi deb baholaş mumkin. U özining Twitter sahifasida şu haqda fikr bildirdi.
"Dunyoda ilk internet uruş Kataloniyada boşlandi va xalq hamda hukumat undan yakşanba kuni mustaqillik referendumini taşkil etişni boşlaş uçun foydalanmoqda. Ispaniya maxsus xizmatlari hujum qilmoqda, aloqa binolarini egallab olib, telekommunikatsiyalarni muzlatmoqda, yuzlab saytlar, protokollar (ma'lumotlarni uzatiş)ga senzura joriy qilmoqda", - deb yozgan u.
Assanjning fikriça, bu Berlin devori qulaganidan beri ilk marotaba "Ğarbdagi davlat va xalq örtasidagi eng yirik mojaro"dir.












