Bu yilgi Çempionlar Ligasida ingliz jamoalarining özgaça bir şijoati, salobati közga taşlangandek bölmoqda. Beş jamoadan törttasi ikki turdan söng, yuz foizlik natija qayd etganining öziyoq, barçasi jiddiy ekanini anglatadi. Töğri, turnirning haqiqiy favoritlari hali öşa, özgarmagan, barçasi pley-offda öz örniga tuşişi ham mumkindir, bilmadik, lekin aynan ikki tur natijalarini tahlil qilib, sabablar haqida boş qotirganimizda, bu ijobiy özgarişlar tasodif emasligini köramiz.

APL ning beş klubi 10 uçraşuvda 26 oçko töpladi. Bu har bir jamoaga örtaça 5.2 oçkodan deganidir. Endi ötgan mavsumlardagi körsatkiçlarga e'tibor bering:

2014/15 – 2.75 oçko
2015/16 – 2.25 oçko
2016/17 – 4.25 oçko
2017/18 – 5.20 oçko

Yirik hisobdagi ğalabalar soniga qarasak, butun guruh bosqiçida inglizlar har mavsumda 4 tadan şunday natija qayd etişgan, bu safar esa, hali endi ikki tur ötganiga qaramasdan, bunday ğalabalar soni 5tani taşkil qilmoqda. Bu körsatkiç ham ingliz jamoalaridagi işonçli öyindan dalolat qilmoqda. Keling, sabablar haqida töxtalib ötamiz.

MURABBIYLAR TARKIBI 

Foto: Twitter/Premierleague

Pep Gvardiola, Joze Mourino, Maurisio Poçettino, Yurgen Klopp, Antonio Konte. Sönggi yillarda Yevropaning deyarli barça kuçli murabbiylari APLda jamlanişgan. Albatta, bunday nomlarni taklif qilgan klub faqat milliy çempionat bilan kifoyalanmaydi, imkon qadar Yevropada ham zafar quçişni niyat qiladi. Ilgari, top murabbiylar örtaçaroq loyihalar bilan ham işlaşga rozi bölişgan, jarayonning özi ular uçun qiziq tuyulgan. Ammo sönggi yillarda murabiylarning imiji, muvaffaqiyati, rezyumesi sovrinlar bilan ölçanadigan bölib qoldi. Çeklangan imkoniyat bilan har qança yuqori natija qayd etilmasin, baribir öşa murabbiyga xulosa berişda – yulduzlar bilan qanday işlaydi, bosimni qanday kötaradi, top jamoa bilan qanday işlaydi, qabilidagi savollar oçiq qolmoqda. Top klub loyihasiga sarflanayotgan pullar kutilgan natijani berişi uçun ham, klublar murabbiy fenomeniga yanada jiddiy e'tibor qaratişmoqda va murabbiy tanlaşda «tajriba» juda katta ahamiyat kasb etyapti. Birgina noörin iste'fo klub ambitsiyalariga va amalga oşirilgan transferlarga salbiy ta'sir körsatişi tabiiy. Mana şu jihatdan, dunyoning eng yaxşi murabbiylarini yiğib olgan ingliz klublari Yevropada asta-sekin jiddiy maqsadlar qöya boşladilar.