Şaharlarda borgan sari turli xil ölçamdagi avtomobillar soni ortib borayotgan biir vaqtda, muqobil transport vositasi, masalan velesiped xarid qiliş haqida öylab köriş kerak. Boşqa barça vositalar kabi velosiped ham buziladi. Maşinalarda bu holatda yukxonasi qöl keladi, unda turli asboblar, ehtiyot qismlarini saqlaş mumkin. Velesiped bilan esa vaziyat biroz murakkabroq. Uni ta'mirlaş haqiqiy boş oğriği bölişi mumkin. Ayniqsa, ğildiraklar havo qöyib yuborsa, taşvişning kattasi şu degani.

Demak, ikki ğildirakli transport vositasi uçun yordamçi asboblarni yangilaş ustida boş qotirişning ayni vaqti. Yangi mitti nasos bir zumda har qanday balonni havo bilan töldira oladi. Şunday bölsa-da, uni olib yuriş maşaqqat tuğdirmaydi. MiniFumpa çöntakka ham siğadi. 

Töğri, buni ham qöl nasosi yoki bir martalik gaz ballonlar yordamida hal qilsa böladi. Ammo, ularning ikkisi ham mitti elektronasos MiniFumpa oldida “ip eşolmaydi”.

Xöş, bu nima özi? MiniFumpa – bu ixçam elektronasos bölib, maxsus velosipedlar işlab çiqilgan. U litiy-polimer akkumulyatorda işlaydi. Vazni 190 gramm. Pişiq va mustahkam korpusga joylaştirilgan. Bundan taşqari, suv va çang uning uçun çikori. Şuningdek, bexosdan işga tuşişdan himoyalangan. MiniFumpa – haqiqiy işonçning hayotga tatbiq etilişidir! Gadjyet har qanday velosiped ğildiraklariga mos keladi. Atigi 40-50 soniyada böşab qolgan ğildirakni havo bilan töldirib, bosimni 8 barga keltiradi.