AQŞning Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) «haqiqatni oşkor qiliş» uçun rus tilini biladigan xodimlarni jalb qilmoqda.
«Rus tilida gaplaşa olasizmi? Siz oliy ma'lumotli AQŞ fuqarosimiz? Milliy xavfsizlikka qiziqasizmi? Sizning mahoratingiz bu yerda kerak», - deyiladi MRBning Twitter’dagi xabarida.
Xabarga biriktirilgan rasmdagi yozuvda «MRB tilşunos-xodimi sifatida haqiqatni oşkor qiliş mumkin ekani» aytiladi.
Mahkama xabari foydalanuvçilarga kuçli ta'sir körsatdi. Xususan, ulardan biri «Trampda endi iş bor», deb yozgan. Buyuk britaniyalik bir foydalanuvçi esa şunday deb yozdi: «Bu iş taklifi bilan çiqilgan eng zerikarli xabar. Siz filmlarni körmaysizmi?». Twitter’ning AQŞdan bölgan boşqa bir foydalanuvçisi şunday deb yozgan: «Bu yigitlar gap nimada ekanligini bilişadi. Rossiyada saylovlar yaqinlaşayotgani haqida miş-mişlar mavjud».
Avvalroq, Germaniyaning Optronic HR kadrlar agentligi Germaniyada AQŞ harbiy maşqlari uçun rus tilida gaplaşadigan odamlarni qidirişayotgani haqida xabar bergandi. Pentagonning ma'lum qilişiça, Germaniyada joylaştirilgan AQŞ qöşinlari maşqlarida «rus tilida sözlaşuvçi statistlarning» iştiroki qandaydir harakatlarga tayyorgarlik hisoblanmaydi.












