Asli xorazmlik Maqsad Allayorov begonalar bilan tez döstlaşib, odamlar qalbiga yöl topa olardi. Mabodo u tadbirkor bölganda, ijobiy natijalarga ega bölişi ham mumkin edi. Lekin Maqsad boşqa yölni tanladi. U özidagi işontiriş san'atini kimlarnidir aldaşga, kimlarnidir çuv tuşirişga sarfladi. Şuning uçun ham 26 yoşli yigit beş marta jinoyat sodir etişga ulgurdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Sud binosidagi oçiq sud majlisida uning plastik kartadagi pulni naqdlaştirib berişdagi jinoyat işi körib çiqildi. 

Sudda ma'lum qilinişiça, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvçi, muqaddam sudlangan M.Allayorov ötgan yilning iyul oyida internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali toşkentlik Sadoqat Daminova bilan tanişib qoladi. M.Allayorov unga özini Şohrux deb taniştiradi va plastik kartadagi mablağni ön olti foizga naqd qilib berişi mumkinligini aytadi. Soxta va'daga işongan S.Daminova ön tört million sömi bölgan plastik kartani “Şohrux”ga topşiradi.

Firibgar M.Allayoroq S.Daminovaning işonçiga kiriş uçun dastlab 4,5 million söm miqdordagi pulni naqdlaştirib beradi va ular birgalikda S.Daminovaning opasiga pulni vaqtinça omonat sifatida topşiradi. Biroq ertasi kuni M.Allayorov şoşilinç ravişda uşbu mablağni unga qaytarib berib turişni, kartoçkadagi pullarni töla naqdlaştirgaç, hammasini butun qilib berişini aytadi. S.Daminovaning opasi singlisining işonçli tanişiga heç ikkilanmay pulni tutqazadi. M.Allayorov esa barça pulni öz ehtiyojiga sarflab yuboradi.

Sudlanuvçi M.Allayorovning aybi suriştiruv jarayonida töplangan tuşuntiriş xatlari, yuzlaştiriş bayonnomalari va boşqa obektiv dalillar bilan töliq öz tasdiğini topdi.

Sud tomonidan M.Allayorovga tegişli jazo tayinlandi.

Yana bir holat. Xatolardan xulosa qilib yaşaş insonni yaxşilikka yetaklaydi, deyişadi. Lekin toşkentlik Abduşukur Nurmatov ilgari jinoyat sodir etganiga qaramay, xatolaridan xulosa çiqarmadi. Uning qinğir yöldagi qadami navbatdagi jinoyatidan keyin töxtatildi.

Toşkent şahar, Mirobod tumanida istiqomat qiluvçi, muqaddam sudlangan A.Nurmatov şu yil 6 iyul kuni tungi soat 03:00 atrofida Çilonzor tumani hududida “Neksiya” rusumli avtomaşina eşigini buzib, qimmatbaho buyumlar izlayotganda avtomaşina haydovçisi tomonidan tutib olindi.

Uning aybi jinoyat işida töplangan jabrlanuvçilarning tuşuntiriş xatlari, voqea joyini közdan keçiriş bayonnomasi, ekspertiza xulosasi hamda iş materiallarida mavjud boşqa obektiv dalillar bilan töliq öz tasdiğini topdi.