AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama (2009-2017 yillar) Argentina rahbari Maurisio Makri tomonidan 5 oktabr, payşanba kuni Buenos-Ayres viloyatida bölib ötadigan ikki tomonlama uçraşuvda qabul qilinadi.

«Makri Obamani şu payşanba kuni «Olivos» qarorgohida qabul qiladi», - deya xabar bergan RIA Novosti Argentina TIVdagi manbalarga asosan.

Ertasi kuni, 6 oktabrda Obama Kordoba viloyatiga borib, gubernator Xuan Skiaretti bilan uçraşişni rejalaştirmoqda. Bundan taşqari, AQŞning sobiq prezidenti 5-6 oktabr kunlari Kordoba şahrida bölib ötadigan «Yaşil iqtisodiyot» forumida iştirok etadi.

2016 yilning mart oyida Obama sönggi 19 yil içida Argentinaga rasmiy taşrif bilan borgan Qöşma Ştatlarning birinçi prezidenti böldi.