Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakat öqituvçi va murabbiylariga bayram tabrigini yölladi. Tabrik matni ÖzA tomonidan e'lon qilindi.

Qadrli va muhtaram ustozlar! 

Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ustoz degan şarafli nomni uluğlab kelayotgan yurtimizdagi barça insonlarni umumxalq bayrami – Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. 

Bugun uşbu qutluğ ayyomni mamlakatimizda keng nişonlar ekanmiz, birinçi navbatda qadrdon maktabimiz, bizga harf örgatgan, ezgulikdan saboq bergan mehribon muallimlarimiz siymosi köz oldimizda namoyon böladi. Biz uçun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bölgan sizlar kabi aziz va mö'tabar zotlar şa'niga eng gözal sözlar, ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Sizlarning barçangizga heç qaçon uzib bölmaydigan qarzdorlik hissi bilan ta'zim qilamiz. 

Buyuk Alişer Navoiy bobomiz aytganlaridek, dunyoning bor boylik va xazinasi bilan ham sizlarning olijanob mehnatingiz haqini ado etib bölmaydi. 

Haqiqatan ham, har bir murğak bolani öz farzandidek ardoqlab, yoş avlod tarbiyasi uçun köz nuri, qalb qöri, butun borliğini baxş etadigan öqituvçi va murabbiylar tom ma'noda fidoiy kasb egalaridir. 

Biz bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallab, katta umid va işonç bilan hayotga qadam qöyayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvçi kuçi bölgan ming-minglab farzandlarimiz kamolida öqituvçi va murabbiylarimizning beqiyos hissasi borligini yaxşi bilamiz va sizlarning bu uluğ xizmatingizni yuksak qadrlaymiz. 

Hurmatli yurtdoşlar! 

Mamlakatimiz öz taraqqiyotining yangi davriga qadam qöygan hozirgi kunda Özbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi asosida barça sohalarda keng kölamli özgarişlar amalga oşirilmoqda. 

Ana şu islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib örin egallaşi avvalo ilm-fan va ta'lim-tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatdoş böla olişimiz bilan uzviy boğliq, desak, heç qanday mubolağa bölmaydi. 

Ayni şu maqsadda ötgan bir yil davomida Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bevosita ta'lim-tarbiya sohasiga daxldor bölgan 74 ta farmoni, qaror va farmoyişi qabul qilinganini ta'kidlaş örinlidir. 

Albatta, soha rivojiga yuksak e'tibor natijasi bölgan bu hujjatlarni hayotga samarali joriy qiliş, ularga bamisoli jon baxş etişda biz avvalo siz, aziz öqituvçi va murabbiylarga, sizlarning bilim va tajribangiz, iste'dod va mahoratingizga suyanamiz. 

Bugungi kunda biz zamon talabi va xalqimizning xohiş-irodasidan kelib çiqqan holda, ta'lim tizimida ulkan islohotlarni amalga oşirişga kirişdik. Jumladan, umumiy örta ta'lim sohasida 11 yillik tizimga ötiş, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini optimallaştiriş, 5 ta yangi oliy ta'lim muassasasi va filiallar taşkil etiş, 16 ta universitet va institutda 12 ta yönaliş böyiça keçki va sirtqi bölimlar oçiş, maktabgaça ta'lim muassasalari tarmoğini kengaytiriş, nodavlat ta'lim xizmati körsatiş, pedagog kadrlar va xalq ta'limi xodimlarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş böyiça tatbiq etilayotgan, uzoqni közlagan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini siz, hurmatli ustoz va murabbiylar, albatta, hammadan köra yaxşi tuşunasiz. 

Ana şu işlarimizning davomi sifatida şu kunlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yönalişiga oid fanlarni çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan maktab, Mirzo Uluğbek nomidagi ixtisoslaştirilgan davlat umumta'lim maktab-internati, “Astronomiya va aeronavtika” boği taşkil etilayotgani, heç şubhasiz, mamlakatimizda ta'lim sifatini jahon standartlari darajasiga kötarişga xizmat qiladi. 

Şuningdek, Toşkent şahrida Amerika Qöşma Ştatlarining nufuzli Vebster universitetining filiali oçilişi ham ilm-fan va ta'lim sohasida ilğor xorijiy tajriba va innovatsiyalarni joriy etiş yölida muhim qadam böladi. 

Ayni vaqtda biz ta'lim-tarbiya muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, muallimlar, professor-öqituvçilar malakasini oşiriş, xorijdagi yetakçi ta'lim markazlari bilan ilmiy-pedagogik hamkorlikni kuçaytiriş, öquv-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim va axborot texnologiyalarini, yangi öquv metodikalarini joriy etiş böyiça hali oldimizda köplab dolzarb vazifalar turganini yaxşi anglaymiz va ularning yeçimi ustida doimiy iş olib boramiz. 

Muhtaram döstlar! 

Bugungi kunda şiddat bilan özgarib borayotgan hayot oldimizga qöyayotgan bir-biridan murakkab va muhim masalalarni hal qiliş haqida öylar ekanmiz, ularning yeçimi aynan ta'lim-tarbiya bilan, yoşlarning dunyoqaraşini zamonaviy bilim, yuksak ma'naviyat va ma'rifat asosida şakllantiriş bilan boğliq ekaniga yana bir bor işonç hosil qilamiz. 

Jumladan, butun insoniyatni taşvişga solayotgan terrorizm va ekstremizm kabi balo-qazolarni bartaraf etişda faqat ularning oqibatlariga qarşi kuraşiş bilan çeklanmasdan, birinçi navbatda bu tahdidlarni keltirib çiqarayotgan sabablarga qarşi kuraşiş, yoşlarni ezgu insoniy ideallar ruhida kamol toptiriş eng asosiy vazifaga aylanmoqda. 

Aynan ana şunday yondaşuv Özbekiston tomonidan nufuzli xalqaro sammitlarda, xususan, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining yaqinda bölib ötgan 72-sessiyasida alohida ta'kidlangani sizlarga yaxşi ma'lum, albatta. 

Bu borada biz ilgari surayotgan “Jaholat va zöravonlikka qarşi ma'rifat bilan kuraşamiz”degan ğoya va taşabbus xalqaro maydonda katta e'tibor va qiziqiş uyğotmoqda hamda qöllab-quvvatlanmoqda. 

Işonçim komil, xalqimiz ziyolilarining ilğor vakillari bölgan siz, hurmatli ustoz va murabbiylar mamlakatimizda ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxşilaş, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, jamiyatimizda tinçlik va hamjihatlikni mustahkamlaş böyiça olib borayotgan işlarimizni sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş, hayotda özini oqlagan maktab, oila va mahalla hamkorligiga asoslangan ijtimoiy tizim samarasini oşirişda faol iştirok etib, barçaga örnak va namuna bölasizlar. 

Siz, azizlarning ana şu ezgu maqsadlarga erişiş, inson har tomonlama erkin va farovon yaşaydigan yangi Özbekiston davlatini barpo etiş, jonajon Vatanimizni yanada taraqqiy ettirişga qaratilgan oğir va maşaqqatli, şu bilan birga, ğoyat şarafli mehnatingizni munosib qadrlaş uçun biz davlatimiz va jamiyatimizning bor kuç va imkoniyatlarini safarbar etişga tayyormiz. 

Sizlarni 1 oktabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.Doimo soğ-omon böling, aziz ustozlar! 


Şavkat Mirziyoyev, 
Özbekiston Respublikasi Prezidenti