Singapurning Gray International kompaniyasi iPhone X smartfoni uçun çexollar töplamini işlab çiqdi. Uning har birining narxi esa, gadjyet qiymatidan ham qimmatroq bölişi mumkin. 

Aksessuarlar butun titan yombidan yasalgan bölib beş rangda havola qilingan — Titanium, Stealth, Gold, Rose Gold va Aurora. Işlab çiqaruvçilarning qayd etişlariça, maxsus tuslar olov yordamida qayta işlanganida olinadi. 

Foto: Gray International

Uning eng arzoni xaridorga 645 dollarga aylanadi. Gold va Rose Gold namunalari deyarli iPhone X kabi 1145 dollar. Gadjyetni 1,2 ming dollarga xarid qilsa böladi, eng qimmat çexol esa, 1,3 ming dollarga baholanmoqda. 

Foto: Gray International

Apple korporatsiyasi 12 sentabr uni yangi avlod smartfonlari turkumi — iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X telefonlarini taqdim etgan edi.